So’nggi yangiliklar

08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  10 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  5 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  15 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  10 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  7 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  2 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  1 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  4 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0

Markaziy o'yinga tayyormisiz? Yangiliklar

Markaziy o'yinga tayyormisiz?

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita bahs bilan Superliga 17-turiga start beriladi.

Bugun Namanganda anshlag bo'lishi kutilmoqda. Zero "Navbahor" o'z maydonida amaldagi chempion "Paxtakor"ni qabul qiladi. O'yinga qiziqish juda yuqori. CHunki muxlislar chempionlik yo'lida harakat qilayotgan ikki jamoaning o'zaro qarama-qarshiligi guvohi bo'lishadi. 

Turnir jadvalida "Navbahor" 32 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. To'plar nisbati 19-9. Namanganliklar bungacha o'tkazilgan 16ta o'yinda 9 bor zafar quchib, 5 marta durang o'ynagan hamda ikki bor mag'lub bo'lgan. 

"Paxtakor" hisobida esa "Navbahor"dan atigi bir ochko kam, yani 31 ochko mavjud. Bugungi o'yin yana shunisi bilan qiziqki, buni chempionlik bahsi deya oldmasak-da, chempionlikka tasir ko'rsatadigan o'yin deya olamiz. SHu bois har ikki jamoa faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqsa kerak. 

Bugungi bellashuv "Navbahor"ning o'z maydonidagi 9-o'yini bo'ladi. Samvel Babayan shogirdlari shu paytgacha uyda o'tkazilgan o'yinlarda 15 ochko jamg'arishgan. To'plar nisbati 9-3. 

"Navbahor" uyda: 

"Nasaf" - durang, 0:0

"Qo'qon-1912" - g'alaba, 2:0

"So'g'diyona" - mag'lubiyat, 1:2

"Bunyodkor" - g'alaba, 2:1

"Neftchi" - durang, 0:0

"Lokomotiv" - g'alaba, 2:0

"Metallurg" - durang, 0:0

"Surxon" - g'alaba, 2:0

"Navbahor" bu yil Superligada ikki bor mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, shundan bittasi uydagi o'yinda ro'y berdi. "Lochinlar" 5-tur uchrashuvida "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Yana bir mag'lubiyat safarda aynan bugungi raqib "Paxtakor" bilan ro'y bergan. 

Bilasizmi? "Navbahor" o'z maydonida "So'g'diyona"ga mag'lub bo'lganidan beri qatorasiga 11ta bellashuvda yutqazgani yo'q. Buni ham ajoyib ko'rsatkich desa bo'ladi.

Fakt: "Navbahor" o'z maydonidagi o'yinlarda 2tadan ko'p gol ura olmayapti. 


Endi "Paxtakor" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa Maksim SHackix qo'l ostida bugungi o'yinga tayyorgarlik ko'rdi. Avvalgi murabbiy Slavche Voyneski Toshkentda bir amallab "Navbahor"ni mag'lub eta olgandi. Bugun SHackix jamoasi qanday natija ko'rsatishini o'yin tugagach bilib olamiz.

Safarda hozircha 9ta uchrashuv o'tkazgan "Paxtakor" 5 g'alaba, 4 durang qayd etib 19 ochko to'pladi. Bilasizmi, "Paxtakor" safar o'yinlarida hali mag'lub bo'lgani yo'q. To'plar nisbati 14-4. 

"Paxtakor" safarda:

"Dinamo" - g'alaba, 2:0

"Olimpik" - durang, 1:1

"Metallurg" - g'alaba, 2:0

"Nasaf" - durang, 0:0

"Qo'qon-1912" - durang, 1:1

"Lokomotiv" - g'alaba, 2:0

"So'g'diyona" - durang, 2:2

"Qizilqum" - g'alaba, 2:0

"Neftchi" - g'alaba, 2:0

Fakt: "Paxtakor" bu mavsum safarda g'alaba qozongan o'yinlarda faqat 2:0 hisobida yutib kelyapti. Yana bir malumot, "Paxtakor" safarda hozircha bitta uchrashuvda 2tadan ko'p gol urgani yo'q.

Bugungi bahs yana shunisi bilan muhimki, Samvel Babayan o'zini xalqqa tanitgan va bir necha yillar ishlagan "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика