So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Markaziy Osiyo. Qozog'iston va Qirg'iz Respublikasida etakchilar yutqazdi, Tojikistonda Superkubok g'olibi aniqlandi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'iston va Qirg'iz Respublikasida etakchilar yutqazdi, Tojikistonda Superkubok g'olibi aniqlandi

Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – «Turon»)

Qozog'iston chempionatida 10-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

«Qayrat» – «O'qjetpes» – 1:2

«Ordabasi» – «Ulitau» – 0:1

«Astana» – «Jenis» – 4:2

«Jetisu» – «Aqtobe» – 2:1

«Qiziljar» – «Elimay» – 1:1

«Atirau» – «Qaysar» – 1:2

«Turan» – «Tobil» – 1:2.

Ushbu turda mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, turnir jadvalida «Aqtobe» birinchi o'rinda bormoqda. «Astana» bir ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida «Qayrat»ning yosh forvardi Dastan Satpaev 7 ta gol urgan holda etakchilik qilmoqda.

11-tur o'yinlari 30–31 may kunlari o'tkaziladi:

30 may

«Jenis» – «Ordabasi»

«Atirau» – «Tobil»

«Elimay» – «Astana»

«Aqtobe» – «Qayrat»

31 may

«Ulitau» – «Turan»

«O'qjetpes» – «Qiziljar»

«Qaysar» – «Jetisu».

TOJIKISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – «Esxata»); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – «Istaravshan»); Zafar Ismoilov («Hulbuk»); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – «Xo'jand»); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – «Panjsher»).

25 may kuni Tojikiston Superkubogi-2025 uchun Dushanbening «Istiqlol» va Tursunzodaning «Regar-TadAZ» jamoalari o'rtasidagi o'yin o'tkazildi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang yakunlandi. Qo'shimcha vaqtda tomoshabinlar gol ko'rishmadi. Penaltilar seriyasida esa «Istiqlol» futbolchilari 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.


«Istiqlol» – «Regar-TadAZ» – 1:1. Penaltilar seriyasi – 5:4

Gollar: Sherzod Maxamadiev, 11 – penaltidan (0:1). Joshua Akpuje, 83 (1:1).

Penaltilar seriyasi: Axtam Nazarov – 1:0. Nozim Bobojonov – 1:1. Masrur Gafurov – 2:1. Jahongir Ergashev – 2:2. Shaxrom Sulaymonov – 3:2. Sherzod Maxamadiev – 3:3. Amirbek Juraboev – 4:3.  Asilbek Temirov – 4:4. Sodiqjon Qurbonov – 5:4. Daler Imomnazarov – 5:4 (xato).

«Istiqlol» (Dushanbe): Nikola Stoshich, Tabrez Islomov (Axtam Nazarov, 66), Lourens Anvon Nikolas (Masrur Gafurov, 46), Sodiqjon Qurbonov, Joshua Akpuje, Romish Jalilov, Amirbek Juraboev, Muhammadjon Rahimov, Alisher Jalilov, Rustam Soirov (Shaxrom Sulaymonov, 71), Reza Dexkani (Muhammad Nazriev, 81).

«Regar-TadAZ» (Tursunzoda): Manuel Pani, Baxtiyor Qalandarov (Nozim Bobojonov, 62), Osuman Qosim, Asilbek Temirov, Daler Imomnazarov, Faridun Davlatov (Abdullo Sharipov, 70), Saidmuxtor Azimov (David Atsam), Jozef Feumba, Sherzod Mahamadiev, Kvadvo Frimpong, Samandar Qodirov (Jahongir Ergashev, 56).

Ogohlantirishlar: Lourens Anvon Nikolas, Joshua Akpuje, Dilshod Vosiev («Istiklol»), Saidmuxtor Azimov, Manuel Pani, Sherzod Maxamadiev («Regar-TadAZ»).

Chetlatish: Kvadvo Frimpong («Regar-TadAZ»), 45+3.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov («Abdish-Ata»), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – «Alay»); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – «Asiagol»); Dadaxon Yusupov («Ilbirs»), Sherzod Abdullaev («Qirg'izoltin»), Aziz Kosibxonov («Muras Yunayted»), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov («Neftchi»), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – «O'shMU-Aldier»); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – «O'zgan»), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – «Talant»).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 11-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Turnir jadvalida mag'lub bo'lganiga qaramay, «Alay» etakchilik qilmoqda. «Muras Yunayted» esa durang o'ynab, peshdaqamlikka ko'tarilib olish imkonini boy berdi.

To'purarlar jadvalida «O'shMU Aldier» hujumchisi Romario Richard 7 ta gol bilan etakchilik qilmoqda.

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida ushbu hafta faqat bitta o'yin – 3-turning qoldirilgan o'yini bo'lib o'tdi. Unda «Arkadag'» safarda «Altin Asir» darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. «Arkadag'» turnir jadvalida ham etakchilik qilmoqda. Chempionatda 12-tur o'yinlari 30–31 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика