So’nggi yangiliklar

12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   3 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  10 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  23 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21

Markaziy Osiyoda qita kuboklariga bu yilgi qiziqish Yangiliklar

Markaziy Osiyoda qita kuboklariga bu yilgi qiziqish

Bu yilgi Osiyo CHempionlar ligasi hamda OFK kubogi musobaqalarining guruh bosqichida Markaziy Osiyo klublaridan uchta jamoa qatnashmoqda.
Bular o'z ligalarining amaldagi chempionlari: “Bunyodkor”, “Oloy” O'sh va “Ravshan” Kulob. Bu uch klub bugungacha jami 6ta o'yinga mezbonlik qildi. Mintaqamizdagi yana bir o'yin 2-saralash raundida bo'lib o'tgandi. O'shanda CHempionlar ligasi bahsida “Lokomotiv” “Al-Quvayt”ni qabul qilgandi.

Biz ushbu klublarning uy uchrashuvlariga qita kuboklari doirasida qanchadan tomoshabin tushayotganiga qiziqdik. Natijada, biz quyidagi raqamlarga duch keldik.

2 fevral. Saralash raundi. “Ravshan” Kulob – “Al-Yarmuk” Yaman 2:1. Tursunzoda shahri “Metallurg” stadioni. 5000 tomoshabin

9 fevral. 2-saralash raundi. “Lokomotiv” Toshkent – “Al-Quvayt” 1:3. “Paxtakor” markaziy stadioni. 5000 tomoshabin

26 fevral. 1-tur. “Oloy” O'sh – “Riffa” Bahrayn 0:0. O'sh shahri “Suyumboev” stadioni. 10275 tomoshabin

11 mart. 2-tur. “Bunyodkor” Toshkent – “Al-Jaish” Qatar 1:2. “Paxtakor” markaziy stadioni. 3600 tomoshabin

12 mart. 2-tur. “Ravshan” Kulob – “Safa” Livan 1:2. Tursunzoda shahri “Metallurg” stadioni. 7000 tomoshabin

18 mart. 3-tur. “Ravshan” Kulob – “Tat Ras” Iordaniya 2:3. Tursunzoda shahri “Metallurg” stadioni. 4000 tomoshabin

19 mart. 3-tur. “Bunyodkor” Toshkent – “Fulad” Eron 1:1. “Paxtakor” markaziy stadioni. 1950 tomoshabin

Hozircha mintaqamizda eng ko'p ishqiboz kirgan o'yin “Oloy” – “Riffa” bellashuvi bo'lib turibdi. O'zbekistonlik komissar Olim Arifov boshchiligida o'tgan bu uchrashuvga 10275 nafar muxlis tushgan. Eng kam ishqiboz esa “Bunyodkor”ning “Fulad” bilan o'yiniga kelgan – atigi 1950 nafar.

OFK kubogining “Ravshan” – “Safa” bahsiga 7000 muxlis tashrif buyurgandi. Etiborga molik fakt: OFK kubogi-2014da bugungacha jami (saralash bosqichi bilan) 51ta uchrashuv o'tkazilgan bo'lsa, “Oloy” va “Ravshan”larning tomoshabinlar bo'yicha ko'rsatkichlari hozirda 2- va 5-o'rinlarda. “Persipura Jayapura” (Indoneziya) jamoasining uy uchrashuvlariga 1-turda 9000 va 3-turda 9866, “Arema Kronus” (Indoneziya) klubining 2-tur o'yiniga 29130 nafar muxlis tushgan. OFK kubogining qolgan hech bir o'yiniga hali 7 mingdan ortiq ishqiboz kirmadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика