Marchinyak "Bavariya"ning 103-daqiqadagi golini ofsayd sabab bekor qildi. O'yindan tashqari holat rostdan ham bormidi?
09 may 02:39
Yangiliklar
Marchinyak "Bavariya"ning 103-daqiqadagi golini ofsayd sabab bekor qildi. O'yindan tashqari holat rostdan ham bormidi?
Hakam golga qadar hushtak chalib yuborgandi.
"Real Madrid" ECHL yarim final javob o'yinida "Bavariya"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi.
Uchrashuvning 103-daqiqasida "Bavariya" tomonidan kiritilgan gol bekor qilindi. Gap shundaki, uchrashuv bosh hakami SHimon Marchinyak Myullerning uzatmasidan so'ng darhol ofsayd sabab hushtak chalib yubordi. Hakam bu holatda yo de Ligt yoki Mazraui ofsaydda ekanini qayd etdi. Gol hakam hushtagidan so'ng kiritilgani sababli bu vaziyat VAR orqali tekshirilmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan o'sha vaziyatda ofsayd bormidi degan savol juda ko'p muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Sizningcha ushbu vaziyatda hakam to'g'ri qaror chiqardimi?
Fikrlar