So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Marat Bikmaev: "So'g'diyona"ga qarshi oson bahs kechmaydi" Yangiliklar

Marat Bikmaev: "So'g'diyona"ga qarshi oson bahs kechmaydi"

“Lokomotiv ” oliy liganing navbatdagi tur uchrashuvini Jizzaxda “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" safarga yo'l olishlaridan oldin jamoa etakchilaridan biri Marat Bikmaevning fikrlari bilan qizikdik.

- Marat, avallambor, Osiyo CHempionlar ligasidagi yutuq bilan tabriklayman. “Sepaxon” bilan kechgan o'yin borasida qanday fikrdasiz?
- Tabrik uchun rahmat. O'yin juda og'ir kechdi.Safardagi uchrashuv ham og'ir o'tgandi. Noqulay havo va kuchli yomg'ir o'yinimizni qiyinlashtirgandi. O'z maydonimizda kechgan bellashuv ham juda og'ir bo'ldi.O'yinni kuchaytirish maqsadida mening o'rnimga Jasur Hasanovni tushurishdi va ushbu qiyin bahsda biz g'alaba qozondik. Maqsadimiz ham shu edi.

- Malumki, "Lokomotiv" o'zining navbatdagi uchrashuvini safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. O'yin oldidan qanday fikrdasiz?
- O'yin oson bo'lmaydi. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonish. Ko'pchilik bu uchrashuvda “Lokomotiv”ning g'alabasini taxmin qilyapti. Aytishim mumkin, “So'g'diyona” ham osonlicha taslim bo'lmasa kerak. Jizzax jamoasi bungacha ikki bor yutqazdi va "Navbahor" bilan durang o'ynadi. Ularga ham ochko kerak. "So'g'diyona" ham maydonga 100% tayyorgarlik bilan tushadi. Biz esa doimgidek o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Eng muhimi bu ishtiyoq va ruhiy tayyorgarlik.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика