"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi "Aston Villa"ga o'tmoqda
31 avg 18:15
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi "Aston Villa"ga o'tmoqda
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Viktor Lindelof "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi.
Yozda 31 yoshli himoyachi mankunianliklar tarkibini erkin agent sifatida tark etgandi. Bunga qadar unga "Fiorentina" hamda "Everton" ham taklif bilan chiqqandi. Biroq Birmingem klubining taklifi futbolchiga ko'proq maqul kelgan va 1+1 ko'rinishidagi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.
Yaqin vaqtlarda himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Shveciyalik himoyachi 2017 yil yozida "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Mankunianliklar tarkibidagi 8 mavsum mobaynida u 284 o'yinda qatnashib, 4 gol va 7 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar