"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim tarkibni sotib yuborishga tayyor
12 dek 2024 01:39
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim tarkibni sotib yuborishga tayyor
Klub katta o'zgarishlarni maqsad qilmoqda.
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati tarkibning yarmini transfer qilishga tayyorlar. Sky Sports jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, MYUning juda ko'p o'yinchilari qishki yoki yozgi transferlar oynasi paytida jamoani tark etishlari mumkin.
Rahbariyat Ruben Amorimga jamoani boshidan qurish vakolatini bergan, ammo buning uchun jamoa bir necha o'yinchilarni sotishiga to'g'ri keladi.
Hozirda Amad Diallo, Kobbi Maynu, Nussair Mazraui, Matteys de Ligt, Leni Yoro, Andre Onana va yana 2-3 nafar muhim o'yinchilargina daxlsiz qolmoqda. Qolganlar zarur holatda transfer qilinishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar