"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor
06 iyu 14:36
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Chelsi" yarim himoyachisi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" "Chelsi"ning 27 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni yozgi transferlar short-listiga kiritdi.
Londonliklar hujumchilar Joao Pedro va Liam Delap transfer qilinganidan keyin franciyalik futbolchiga umid qilmayapti. Takidlanishicha, "qizil iblislar" Nkunku uchun "ko'klar"ga 40 mln evro berishga tayyor.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar