So’nggi yangiliklar

23:12Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия, Туркия ва бошқа термаларнинг бугунги ўйин учун таркиби маълум!  0 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  5 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  0 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3 19:30Клопп янги ишида нима қилишини тушунтириб берди  3 19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  8 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  16 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  15 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  3

Manchester vs London. Gvardiolaning "snayperlari" Venger bolalariga qarshi. Prevyu Yangiliklar

Manchester vs London. Gvardiolaning "snayperlari" Venger bolalariga qarshi. Prevyu

Bugun Angliyada katta futbol bayrami.

Kecha Premer-ligada 11-turga start berilgan edi. Bugun esa turning biryo'la ikkita markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi. Quyida ulardan birinchisiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 11-tur

"Manchester Siti" – "Arsenal"

05.11.2017, 19:15

"Etixad stedium"

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend)


Bugungi uchrashuvlar orasida eng qiziqarli o'tishi kutilayotgan to'qnashuv. Boisi, har ikki jamoa ham asosan hujumni yoqtiradi. Oxirgi oylarda Evropaning eng kuchli klubi bo'lib turgan Gvardiola shogirdlari chiroyli futbolni yoqtiradigan Venger bolalariga ham gollar yomg'irini yog'dirishga urinib ko'rishadi. Lekin, "Arsenal" bugungi raqibini so'nggi paytlarda qanday engish mumkinligini tez-tez namoyish etib kelayapti.

"Manchester Siti" ayni paytda turnir jadvalida yakka peshqadam. "SHaharliklar" istalgan jamoaga xohlagancha gol urishmoqda. Tarkibda faqat Kompani va Mendi jarohat bois bugun jamoaga yordam bera olishmaydi. Qolganlar soppa-sog' va bugungi jangga tayyor. "Siti"ning asosiy quroli yuqori darajadagi hujumkor o'yinchilar bo'lishi aniq. De Bryuyne, David va Bernardu Silva, Sane, Sterling, Jezus va Aguerolar qancha istasa, shuncha gol urmoqda. Ularning har biridan xavf kutish mumkin, bunday holatda kimgadir qarshi personal o'yinchi qo'yish befoyda. Ularga o'z ishlarini qilishga halaqit qilishning eng yaxshi yo'li to'pni imkon qadar ularga bermaslik. To'p nazorati "Siti"ga o'tsa xavf kutavering.


"Arsenal"da esa jarohatlanganlar etarlicha bor. Mustafi, Uelbek, Ospina va CHembers o'ynamasligi aniq. Bundan tashqari, Sead Kolashinacning maydonga tushishi ham so'roq ostida. Seal Evropa ligasidagi o'yinni o'tkazib yubordi va bugun o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Venger uning o'ynay olishiga umid qilmoqda.

"To'pchilar" oxirgi paytlarda biroz o'zlariga kelib olgandek ko'rinishmoqda. Jamoa chempionatda gollar urmoqda, o'yinni boshqaruvchi asosiy figuralar hisoblangan Remsi va Ozil formaga kirib oldi deyish mumkin. Sanches va Lakazettning kayfiyati chog' bo'lsa bugungi raqibga qarshi nimadir qilish mumkin.

Umumiy olganda, bugun mezbonlar favorit. CHunki, hozir "Siti" Evropaning istalgan klubiga kamida 2ta gol ura oladigan holatda. "Arsenal" g'alaba qozonish uchun esa ruhiy tayyorgarlik va kamsimum kam xato qilish juda muhim.



Qiziq:

- "Manchester Siti" klubi "Arsenal"ni barcha musobaqalarda oxirgi 9ta o'yinda bor yo'g'i 1 marotaba mag'lub etgan (1 g'alaba, 4 durang, 4 mag'lubiyat);

- "Siti" joriy mavsum APLda hisobda oldinga chiqib olgan 9 o'yinning barchasida g'alaba qozongan, "to'pchilar" esa hisobda ortda borayotib g'alabani raqibdan ilib ketish borasida eng yaxshilar - 3ta o'yin;

- Serxio Aguero ushbu jamoalarning barcha musobaqalardagi so'nggi 7ta to'qnashuvida 5ta gol urgan.



Murabbiylar fikrlari:

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"): "Qiyin bo'ladi. Umid qilaman, biz Neapoldagi o'yindan xulosa chiqarib muxlislarimizga spektakl qo'yib beramiz. Eng muhimi - yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish".

Arsen Venger ("Arsenal"): "Biz yaxshi himoyalanishni xohlaymiz, lekin siz u erga borib faqat himoyada o'ynay olmaysiz. Himoyaning eng yaxshi ko'rinishi bazida hujum hisoblanadi".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика