"Manchester Siti" darvozaboni klubni tark etdi
09 iyu 18:20
Yangiliklar
"Manchester Siti" darvozaboni klubni tark etdi
Darvozabon jamoa tarkibida olti mavsum o'tkazdi. Uning hisobida "Siti" safida ikkita rasmiy o'yin bor: Chempionlar ligasi (2022 yil mart) va APLda (2021 yil may) bittadan.
"Skot Karson yozda shartnomasi yakunlangach, "Manchester Siti"ni tark etadi.
Biz Skottga mashaqqatli mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga kelajakda omad tilaymiz," - deyiladi "Manchester Siti" xabarida.
Umuman olganda, 39 yoshli darvozabon faoliyati davomida klub miqyosida 522 ta o'yin o'tkazgan, shuningdek, Angliya terma jamoasi safida 4 ta o'yin o'tkazgan.
Karson "Siti" bilan 4 marta APL chempioni bo'ldi, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida va bir marta UEFA chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi, bir marta Angliya Superkubogi, bir marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar