"Manchester Siti" 135 mln funt sarflaganidan keyin ham yana bir futbolchi sotib olmoqchi
24 jan 2025 13:39
Yangiliklar
"Manchester Siti" 135 mln funt sarflaganidan keyin ham yana bir futbolchi sotib olmoqchi
"Manchester Siti" qishki transfer oynasi yopilguniga qadar (3 fevral) yarim himoyachi sotib olish variantini o'rganmoqda.
"SHaharliklar" qishda himoyachilar Abduqodir Husanov (bonuslarni hisobga olgan holda 42 mln funt), Vitor Reys (30 mln funt) va hujumchi Omar Marmushni (59 mln funt + 4 mln funt) sotib oldi.

Xarajatlarga qaramay, Manchester klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. "SHaharliklar" "Atalanta"dagi Edersonga qiziqish bildirmoqda. SHuningdek, klub "Yuventus"dan Duglas Luisni sotib olish imkoniyatisiz ijaraga olmoqchi edi, ammo "byankoneri" bu taklifni darhol rad etdi.
Agar Jon Stounz yoki Manuel Akanjining tayanch yarim himoyachidagi o'yini maqul kelsa, yarim himoyachining transferi yozgacha qoldirilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar