So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  5 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  6 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

Manchester derbisidan so'ng mushtlashuv. Aslida nima bo'lgan edi? (+FOTO) Yangiliklar

Manchester derbisidan so'ng mushtlashuv. Aslida nima bo'lgan edi? (+FOTO)

"Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng, ikki jamoa futbolchilari o'rtasida mushtlashuv bo'lib o'tgani elon qilingan edi.

Manchester derbisidan so'ng Mourino suv idish bilan Edersonning boshiga zarba berdi

DailyMail nashri ushbu voqeani to'liq o'rganib chiqdi va ushbu xodisaning sxemasini tuzib chiqdi.

Qizil uzuq chiziq - Mourino yo'li

Bo'linmagan qizil chiziq - MYU futbolchilari yo'li

Bo'linmagan ko'k chiziq - "Siti" futbolchilari yo'li

Qora chiziq - suv idish yo'nalishi


Raqamlar ketma-ketligi orqali voqealar rivoji aks ettirilgan.

1. "Mancheste Siti" futbolchilari g'alabani katta shovqin bilan nishonlashayotgandi. Buni eshitib, g'azablangan Joze Mourino MYU kiyinish xonasidan chiqib, "Siti" kiyinish xonasiga yo'l oladi va ichkariga kirib "Sizlar boshqalarni hurmat qilmaysiz" deya baqiradi.

2. Bu so'zlardan so'ng "Manchester Siti" posboni Ederson Mourinoga jahl qiladi va ular ingliz va portugalchada so'kinishni boshlashadi.

3. Mourino Edersonga suv purkashni boshlaganda, uning boshiga suv idish tegadi. Buni ko'rgan MYU vakillaridan biri "qizil iblislar" kiyinish xonasiga kirib, Mourinoga hujum qilishganini aytadi.

4. Kiyimini almashtirayotgan Markos Roxo xonadan otilib chiqadi. Antonio Valensiya esa "shaharliklar"ning bu qilig'idan g'azablanadi.

5. Roxo va Valensiyadan so'ng Errera, Rashford, Tuanzebe va SHoudan tashkil topgan guruh qo'shni xona tomon yo'l oladi. Katta mushtlashuv kutilayotgandi.

6. Vensan Kompani boshchiligidagi bir guruh futbolchilar raqiblarni kutib olishdi. Jang boshlandi, Fernandino esa mushtlarini ishga soldi. Kutilmaganda yana bir suv idishi uloqtiriladi va u "Manchester Siti" murabbiylaridan biri Mikel Artetaga tegadi.

7. Boshqa futbolchilar ham mushtlashuvga qo'shilib ketishdi. Yo'lakdagi holat xuddi regbi sport turidagi to'p uchun kurashga o'xshardi.

8. Maydonga tushmagan MYU sardori Maykl Kerrik janjalga aralashib, futbolchilarni ajratishga urinadi. U "shaharliklar"ni hurmatsizlikda ayblab, "Yunayted" futbolchilarini kiyinish xonasiga olib ketadi.

Suratkashlar Artetaning yuzidagi zarba izini ko'rish uchun "Manchester Siti" mashg'ulot bazasi darvozasi oldiga yig'ilishdi va ichkariga kirib ketayotgan murabbiyni suratga olishdi.

Mikel Arteta suratkashlarga yuzini ko'rsatmaslikka harakat qildi. Demak, janjal paytida u haqiqatdan ham zarba qabul qilgan.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика