“Man Siti”ning 3 himoyachisi uchun mavsum yakunlandi
09 may 2022 08:10
Yangiliklar
“Man Siti”ning 3 himoyachisi uchun mavsum yakunlandi
Bu haqda “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola xabar berdi.
Unga ko'ra, “Manchester Siti” himoyachilari Ruben Diash, Jon Stouns, Kayl Uoker jarohat olgan va ular joriy mavsum boshqa maydonga tushmaydi.
Diash APL 36-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi (5:0) o'yinda mushaklari lat egani tufayli zaxiraga olingandi. Uoker ECHL yarim finali javob bahsi doirasidagi “Real” (1:3) bilan uchrashuvda tovonidan jarohat olgandi. Stouns esa son sohasi bilan bog'liq muammolar tufayli jamoaning oxirgi 2 bahsida qatnashmadi.
Angliya chempionligi uchun kurashayotgan Gvardiola shogirdlarini oldinda “Vulverxempton", “Vest Xem” hamda “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar