"Man Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Mane kiyinish xonasida Sanening yuziga urib, labini yorib qo'ydi
12 apr 2023 23:50
Yangiliklar
"Man Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Mane kiyinish xonasida Sanening yuziga urib, labini yorib qo'ydi
Myunxenliklar kiyinish xonasida kelishmovchilik yuz bergan.
"Bavariya" kecha ECHL chorak finalida "Man Siti"ga 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. O'yindan keyin "Bavariya" kiyinish xonasida Sadio Mane Leroy Sanening yuziga musht tushirgan. SHundan so'ng, Sanening labi yorilgan. "Bavariya" futbolchilari ikki o'yinchini ajratib olishgan. Sane o'ziga kelishi uchun uni kiyinish xonasidan tashqariga olib chiqishga to'g'ri kelgan. Taxminlarga ko'ra, Manega Sanening maydonda unga bo'lgan muomalasi yoqmagan.
Umuman olganda, "Bavariya" futbolchilari o'rtasidagi kelishmovchilik o'yinning 83 daqiqasidayoq takroriy vaziyatlarda ko'ringan. Klub hali bu voqeaga rasmiy izoh berganicha yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar