"Man Siti" Londonga g'alaba uchun boradi". Gvardiola - APLdagi chempionlik poygasi haqida
13 fev 2023 13:10
Yangiliklar
"Man Siti" Londonga g'alaba uchun boradi". Gvardiola - APLdagi chempionlik poygasi haqida
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL musobaqa jadvalida 1-o'rin uchun "Arsenal" bilan kechayotgan kurash haqida fikr bildirdi.
"Arsenal" 51 ochko bilan birinchi o'rinda, "shaharliklar" esa 3 ochko ortda bormoqda. SHu bilan birga Gvardiola jamoasi ko'proq o'yin o'tkazdi. Jamoalar 15 fevral kuni o'zaro bahs olib borishadi.
"Arsenal"ning zaxira o'yini bor. CHempionatning barcha turlari ortda qolsa, vaziyatni ko'ramiz. Biz Londonga g'alaba qozonish uchun boramiz.
Agar jamoa birinchi davrada 50 ochko to'plagan bo'lsa, bu ularning juda kuchli ekanligini anglatadi. "Aston Villa"ga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazib, oradagi farqni yo'qqa chiqardik", – dedi Gvardiola.
"Arsenal" – "Manchester Siti" uchrashuvi 15 fevraldan 16 fevralga o'tar kechasi 00:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar