So’nggi yangiliklar

08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  3 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  5 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  1 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  9 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1

Mamur Ikromov: “Metallurg”ga qarshi o'yinni katta ishtiyoq bilan kutyapman” Yangiliklar

Mamur Ikromov: “Metallurg”ga qarshi o'yinni katta ishtiyoq bilan kutyapman”

Bugun “Metallurg” Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. So'nggi 7 yil (!) davomida bekobodliklar darvozasini qo'riqlab kelgan Mamur Ikromov endilikda bu klubga qarshi raqib safida maydonga tushadi.
Bo'lajak bahs oldidan Ikromov bilan suhbatlashib, shu haqda so'radik.

- “Metallurg”da 7 yil (!) o'ynadim! Bu shunchaki xolat emas. Albatta bu muddat davomida klubga qo'limdan kelganicha yordam berdim. Ozmi-ko'pmi muxlislarga yanada tanildim. Bekobodliklar safida o'tkazgan vaqtlarimni doim shirin xotiralar bilan eslab yuraman.

- Bilasiz endilikda men “Lokomotiv” futbolchisiman. SHunday ekan raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, asosiy etiborimni ayni damdagi jamoam manfaati uchun qaratganman. Bu erda menga ishonishmoqda. Bunday paytda ishonchni oqlash muhim sanaladi. Berilgan imkoniyatdan to'g'ri foydalanishga xarakat qilaman.

- CHempionatning birinchi turidayoq sobiq jamoam “Metallurg”ga qarshi o'ynashimiz meni qaysidir manoda xayajlonga solmoqda. Hech qanday qo'rquv yo'q, lekin qandaydir xayajon bor. Ishqibozlar meni to'g'ri qabul qilishlarini istardim. Bu o'yinni juda katta ishtiyoq bilan kutyapman. Boshlang'ich tarkibdan o'rin olishimga ishonaman.

- “Lokomotiv”da ichki muhit alo darajada. Ayniqsa Super Kubokni yutganimizdan so'ng hammaning kayfiyati yuqori. Maqsadimiz chempionatda ham muvaffaqiyatli start olish. SHuningdek OCHLda oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish. Ishonmanki jamoa o'yindan-o'yinga “ochilib” boraveradi – “Lokomotiv”ning 33 yoshli posboni Mamur Ikromov.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика