

"Qizillar"ning asosiy darvozaboni Alison bilan shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, gruzin futbolchisi kelajakda yozda ijaraga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. "Mersisayd" klubi Mamardashvilining kayfiyatidan xabardor. Klub 25 yoshli darvozabonni kelajakdagi asosiy o'yinchi sifatida ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Mamardashvili barcha turnirlar doirasida 11 o'yinda maydonga tushdi, ulardan uchtasida "quruq" o'ynadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 28 million evro



