So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Maksim SHackix: "Qayrat" bilan har yili o'ynashni ananaga aylantirishdan xursand bo'lardik" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Qayrat" bilan har yili o'ynashni ananaga aylantirishdan xursand bo'lardik"

Teglar :  "Qayrat""Paxtakor"
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkazilgan "Qayrat" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- Barchasi biz kutgandek bo'ldi. O'yin har ikki jamoa hujumlari bilan kechdi. Muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi. Biz bahs oxirida to'p kiritib, g'alaba qozondik. Hozir biz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Yakshanba kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan maydonga tushamiz. 

Tarkibning bir guruhi uch kun oldin nazorat bahsida o'ynagandi. Bugun ikkinchi guruhning navbati keldi.

Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz, turli sohalarda tajriba almashamiz. Futbolchilar o'tishlari amalga oshishi mumkin. Klub va rahbariyat turk jamoalari bilan iliq munosabatda. 

Uchrashuvda bazi kamchiliklarni ham ko'rib oldik. O'yinchilar so'nggi 10 kunda yuqori yuklamalar olishdi. Bugun hech kim almashtirilishini so'ramadi. Demak, ularning jismoniy holati bunga dosh berdi. Hozirlikni rejadagidek davom ettiramiz. 

"Qayrat" bilan har yili o'ynashni ananaga aylantirishdan xursand bo'lardik. Ishqibozlar uchun bellashuv katta bayram bo'ldi. Buni saqlab qolish yaxshi. Bizni juda iliq kutib olishgani, barcha qulay sharoitlar muhayyo etilgani uchun mezbonlarga rahmat aytaman. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика