So’nggi yangiliklar

22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  0 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  1 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  189 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  1 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2 18:14"Футбол олами". Ҳакамлар билан боғлиқ баҳс-мунозаралар тинмаётган Кубок финали  9 18:10"Бу фирибгарларнинг найрангими?" "Ноттингем Форест" захира дарвозабони Бразилия терма жамоасидан таклиф олгани ҳақида  0 17:34Ўзбекистон Кубоги финалида ишлаган VAR: "Фикримча, Ресаннинг ҳаракати қизил карточка эди. Бу вазиятда бош ҳакам билан фикримиз икки хил бўлди"  20 17:21Суперлига. 27-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор", "Бунёдкор", "Навбаҳор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  7 17:05ЎзФҲМ раҳбари: "Ҳакам финалдан 2 кун олдин Термиздаги ўйинда ишлагани кичкина хатолик бўлди. Буни мен бўйнимга оламан"  30 16:43"Пахтакор" – "Бухоро" учрашуви бош ҳаками: "Эҳтиётсизлик натижасида содир этилган қўполлик учун Ресанга сариқ карточка кўрсатдим"  31

Maksim SHackix "Paxtakor"da hal qilishi kerak bo'lgan beshta muammo Yangiliklar

Maksim SHackix "Paxtakor"da hal qilishi kerak bo'lgan beshta muammo

"SHerlar"ning yangi bosh murabbiyiga oson bo'lmaydi.

O'zbekiston chempionati tez orada davom ettiriladi. CHempionlik uchun kurash katta qiziqish uyg'otmoqda, hozircha "Navbahor" favorit bo'lib turibdi. Biroq amaldagi mamlakat chempioni – "Paxtakor" bir nechta o'zgarishga qo'l urdi va chempionlikni saqlab qolish uchun bor kuchini ishga solishga tayyor.

Albatta, "sherlar" bosh murabbiyini alohida takidlab o'tish joiz. Yaqinda klubga sport direktori sifatida kelgan Maksim SHackix endilikda jamoani boshqaradigan bo'ldi. Afsonaviy hujumchi ishonchni oqlamagan Slavche Voyneski o'rniga jamoani qabul qilib oldi.

"Championat.Asia" jurnalisti Nikolay Egorichevning fikricha, SHackixga oson bo'lmaydi. Quyida u "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida hal qilishi kerak bo'lgan beshta muammoni keltiramiz.

Himoya

Katta tashvish — "sherlar"ning himoyasi. Jamoa Superligada eng kam gol o'tkazib yubordi (12 o'yinda 7 ta gol), ammo OCHL himoyaning haqiqiy sifatini ko'rsatdi. U erda "Paxtakor" 6 uchrashuvda o'z darvozasidan 15 ta to'p olib chiqdi va guruhda so'nggi o'rinni egalladi.

Ko'p narsa SHackix jamoa o'yinini qanday qurishiga bog'liq bo'ladi. Biroq bir narsa aniq: hozirgi "Paxtakor" himoyachilari har doim ham kutilgan darajada o'ynay olishmaydi. SHu bois muxlislar umidi jamoaning yangi futbolchisi — Iliya Martinovichga bog'langan. 28 yoshli himoyachi "sherlar" lageriga kelishdan oldin Odessaning "CHernomorec" sharafini himoya qilgan va CHernogoriya terma jamoasida bir nechta o'yin o'tkazgan. U "Paxtakor" darvozasi yonida o'yin sifatini oshirish va himoyada etakchiga aylanish uchun jalb qilingan.

CHeranga bog'lanib qolganlik

Yana bir muammo — Dragan CHeranga bog'liqlik. U bor va usiz jamoa butunlay boshqacha o'ynaydi. SHackix buni juda yaxshi tushungani uchun CHeran bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi.

Dragan joriy mavsumda "Paxtakor" gollarining yarmida ishtirok etdi. Hujumchi "sherlar"ning barcha turnirlarda urgan 26 ta golidan 8 tasiga mualliflik qilgan. Serbiyalik forvard yana uch marta assistent vazifasini bajargan. Dragan kuzda 35 yoshga to'ladi. Uning yoshi "Paxtakor" CHeranning o'rniga munosib o'rinbosar haqida o'ylash vaqti kelganini anglatib turibdi. Balki bu "sherlar"ning yana bir yangi o'yinchisi — 25 yoshli polshalik Pshemislav Banashakning qo'lidan kelar.

Erkinovning ketishi

Yozda Hojimat Erkinov "Paxtakor"ni tark etdi. Poytaxt jamoasining asosiy boyligi va Superliganing eng yaxshi o'yinchilaridan biri “Torpedo” tarkibida RPLni zabt etishga yo'l oldi. SHu munosabat bilan yana bir muammo paydo bo'ldi – kim Erkinovning o'rnini bosadi?

"Paxtakor"da qanot hujumida o'ynay oladigan futbolchilar ko'p. Biroq aynan chap qanotda harakatlanadigan o'yinchilar unchalik ko'p emas. Umuman olganda, "sherlar"da faqat birgina chap qanot vingeri qoldi – Azizbek Turg'unboev. SHuningdek, Diyor Xolmatov ham chap qanotda o'ynay oladi. Qiziq, Maksim SHackix ulardan qaysi birini ustun deb biladi?

Tajriba etishmasligi

Umuman olganda, jamoatchilik orasida SHackixning tayinlanishidan ajablanganlar uchradi. Bir tomondan, u o'zbek futbolining afsonasi va MDH tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Boshqa tomondan, Maksim Aleksandrovichda bosh murabbiy sifatida tajriba yo'q.

Murabbiylik faoliyati davomida SHackix Sergey Rebrov va Xackevich kabi mutaxassislar shtabida ishlagan. Bundan tashqari, Maksim Valeriy Lobanovskiy, Yuriy Syomin va boshqa taniqli murabbiylar qo'l ostida o'ynagan. Albatta, SHackix "Paxtakor" futbolchilari uchun "avtoritet" (Voyneskida bunday emasdi), ammo bu erda murabbiylik mahorati birinchi o'ringa chiqadi. Maksim Aleksandrovich uchun bu oson bo'lmaydi, chunki "sherlar"da uzoq vaqtdan beri birinchi marta chempionlikni qo'ldan boy berish xavfi bor.

"Navbahor"dan ortda qolish

Bu mavsumda Superliga oltini uchun kurash jiddiy tus oldi. "Navbahor" peshqadam sifatida tanaffusga yo'l oldi – namanganliklar 13 turdan keyin ochkolari sonini 25 taga etkazib olishdi. Ikkinchi o'rinda "Nasaf" (24), uchinchi pog'onani esa "Paxtakor" (23) band qilib turibdi. SHu bilan birga, "Paxtakor" va "Nasaf" 1 tadan zaxira uchrashuviga ega.

"So'g'diyona", "Qizilqum" va AGMKni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. Olmaliq klubi va jadvalda etakchilik qilayotgan "Navbahor"ni bor-yo'g'i to'rt ochko ajratib turibdi. SHu tariqa, birdaniga oltita jamoa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Bularning o'rtasida esa o'z vataniga qaytgan va ilk marta bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Maksim SHackix bor.

Maksim Aleksandrovich, "kemadan kecha"ga tushib qoldi. Undan shu erda va hozir natija talab qilishadi. Ammo bu yil "Paxtakor" chempionlikni qo'lga kirita olmasa ham "sherlar" rahbariyati SHackixga ishonishi lozim. U qiyin vaziyatga tushib qoldi – jamoa Slavche Voyneski qoldirgan vayronagarchilikdan keyin demontaj qilingan holatda. "Paxtakor"ga tiklanish uchun, Maksim SHackixga esa yangi voqelikka moslashish va to'plangan tajribasini amaliyotga joriy etish uchun vaqt kerak.

Nikolay Egorichev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика