So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  14 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Maksim SHackix: "Paxtakor" tarkibi albatta kuchaytiriladi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Paxtakor" tarkibi albatta kuchaytiriladi"

Coca Cola Superligasi 8-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Andijon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

Birinchi navbatda, bizga hujumda tajovuzkorlik etishmadi. Buni o'yindan avval yigitlarga uqtirgandik. Afsuski, buni har bir o'yindan avval aytishimizga qaramasdan, xohish borligi ko'rinyapti, ammo tajovuzkorlik yo'q. Hujumda tezkor harakat qila olmayapmiz. Afsuski, shunaqa o'yinlar ham uchrab turadi. Raqib jamoa 2 ta zarba berdi va gol urishga erishdi. Bizda ikki taymda ham juda kap vaziyatlar yuzaga keldi, ammo yakuniy zarbani berishda oqsadik.

- Odil Hamrobekovning markaziy himoyada o'ynatilishi himoyadagi muammolar borligidan darak beradimi yoki boshqa sabab bormi?

- Muammo yo'q. Faqat oxirgi o'yin bilan solishtirganda, tarkibni o'zgartirmaslikka qaror qildik. SHu xolos.

- Uchrashuv taqdirini o'zgartirishga kuch etmay qolgandek tuyulmadimi?

- Sal oldin aytganimdek, boshidan yaxshi o'ynashimiz kerak edi. Biz vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, 2 ta gol urishimiz mumkin edi. Yana qaytaraman, hujumga kiryapmiz va deyarli raqib jarima maydonchasiga yorib kiryapmiz, biroq bundan unumli foydalana olmayapmiz. Afsuski, bizga yorqin forvard etishmayapti. O'zi to'p qidiradigan, uni qabul qilib, ichkariga yorib kiradigan to'qqizlik hujumchi yo'q.

- Jamoaning keyingi rejalari qanday?

- CHetga chiqishni reja qilgandik, ammo shu erda qoladigan bo'ldik. Ish rejamiz barbod bo'ldi. Xullas, o'z qarorgohimizda bo'lamiz. "Qayrat" bilan o'rtoqlik o'yini bor, shuni o'tkazib qaytamiz. 

- Jamoa kuchaytiriladimi?

- Albatta. Bu bilan anchadan beri shug'ullanyapmiz. Yangi qon kerak, busiz rivojlanish bo'lmaydi. 

- Mahalliy futbolchilar xarid qilinadimi yoki xorijlik?

- Unisi ham, bunisi ham. Bu yo'nalishda ancha paytdan beri ish olib boryapmiz. Jarayon oson emas. Tarkib albatta kuchaytiriladi. 

Agar tez-tez yangiliklar qilib turilmasa, bu yomon oqibatlarga olib keladi. Bu futbolda isbotlangan.

- Hojimat Erkinov qaytishi mumkinligi haqida malumotlar bor..

- Ha, muzokaralar davom etmoqda. U bilan shartnoma tuzishni xohlaymiz, albatta. Erkinov tarkibimizni kuchaytirgan bo'lardi. Ko'ramiz. Barcha transfer yangiliklaridan boxabar bo'lib borasiz. Yashiradigan narsamiz yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика