So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Maksim Shackix: "Nasaf"dan qo'rqqanimiz yo'q. Istasangiz meni Xavi deb atang, menga farqi yo'q" Yangiliklar

Maksim Shackix: "Nasaf"dan qo'rqqanimiz yo'q. Istasangiz meni Xavi deb atang, menga farqi yo'q"

O'zbekiston Superkubogi finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" (1:0) bahsidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin biz kutgandek bo'ldi. Yigitlarga rahmat aytdim, barcha ko'rsatmalarni bajarishdi. Afsuski, gol ura olmadik. Yigitlardagi xohish va ishtiyoq meni xursand qilmoqda. Bunday o'yinlardan so'ng o'sishda davom etishimiz kerak. G'alati penaltidan gol urildi, o'yindan gol o'tkazib yuborsak ham mayli edi. O'zimizning hujumlarimizdan bir nima yaratsak bo'lar edi. Oldinda kichik tanaffus bor. FIFA kunlari davomida yig'in o'tkazamiz. Hozir resurs kam, ikki haftadan so'ng yaxshiroq bo'lib qaytamiz deb o'ylayman", - deya fikr bildirdi Maksim Shackix final bahsidan so'ng.

O'yindan avval kuchli yomg'ir yog'a boshladi va hali hamon davom etmoqda. Kutilmagan ob-havo o'yinga qanchalik tasir o'tkazdi. 

- O'yindan oldin yigitlarga chiroyli futbol uchun yana nima kerak deb aytdim. "Inglizcha" ob-havo bo'ldi. Futbol o'ynash uchun ideal sharoit. Issiq emas va nam ob-havo. Muxlislar yaratgan atmosfera va barcha-barchasi ajoyib edi. Ob-havo hech qanday tasir o'tkazmadi. Biz raqibga hech qaysi jabhada engilmadik.

- "Andijon" ikkinchi bo'limda asosan uzun paslar orqali hujumga o'tishga harakat qildi. Shunindek, jamoangiz pozicion hujumlar uyushtirishga oqsagandek...

- Qaysi vaziyatlarda pozicion hujumga o'tishga qiynalganimizni bilmayman ochig'i. Biz raqib darvozasi yaqinida 3-4ta pas ham amalga oshirdik. "Nasaf" amaldagi chempion. Ushbu faktni ham unutmaylik. Raqib bosimidan ham chiqib keta oldik. Futbolchi chiziqlar orasida pas uchun imkoniyat topa olmaganida uzun pasni amalga oshiradi. Men hech qachon "long boll" o'ynashni istamayman. Biz o'z darvozamizdan boshlab pas orqali hujumga o'tdik. "Nasaf"dan qo'rqqanimiz yo'q. Himoyadan hujumga o'tishni deyarli mashq qilmaganmiz. Ushbu jihat ustida yaxshiroq ishlashni boshlaganimizda, boshqacha sifatli o'yin ko'rasiz.

- Ikki jamoaning muxlislari O'zbekistonda eng yaxshilaridan. Muxlislarning ko'pligi bugungi uchrashuvda jamoaga qanchalik bosim o'tkazdi?

- Aksincha, muxlislarning shovqini bizga yordam berdi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda, tez orada o'z o'yinimiz orqali ularni xursand qilamiz degan umiddaman. Ular safar o'yinlariga ham katta tarkib bilan borishmoqda.

- "Andijon"da bog'lamlarni bog'lab beradigan futbolchi topilmayapti. Ushbu muammoni bartaraf etishda jamoaga etishmayotgan futbolchini aytib o'tsangiz?

- Biz transferlar oynasini kutyapmiz. Unga qadar to'rtta tur bor. Hozir esa bor resursdan foydalanishga majburmiz. Tarkibimizdagi ayrim futbolchilar to'p bilan yaxshi muomala qila olishmaydi, sababi ular bunga qadar boshqacha futbol o'ynashgan. Futbolchilarni yangicha uslubga o'rgatish uchun vaqt yo'q. Shuning uchun, qaysi futbolchi nimaga qodir ekanligidan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Yozda "Andijon"da 2-3ta jiddiy transfer bo'ladi. Statistikaga qarasak, "Andijon" eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalardan biri.

- "Nasaf" o'yin so'ngida vaqtni cho'zdi. Ushbu holat haqidagi fikringiz bilan bo'lishsangiz. Bunday holat sizga yoqmaydimi yoki murabbiy sifatida raqib jamoa sovrinni qo'lga kiritish uchun barcha usullardan foydalanganini normal holat deb qabul qilasizmi?

- Men buni qo'llab-quvvatlamayman. Men futbolchilarimga vaqtni cho'zinglar deb aytmayman. O'yin sekinlashib boradi va temp tushib ketadi. O'tgan yili "toza o'yin vaqti" haqida gapirib o'tgandim. Superligada o'rtacha 48-50 daqiqa toza o'yin bo'ladi. Tassavur qilyapsizmi? O'yin taxminan 98-100 daqiqa davom etsa, biz bor-yo'g'i 50 daqiqa o'ynaymiz. Muxlislar shiddatli futbol ko'rish uchun stadionga kelishadi-ku.

- Sizning "Nasaf"ga qarshi omadsiz seriyangiz davom etmoqda va Superkubokdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat. Sizni "Barselona"da sovrin yuta olmagan Xaviga o'xshatsam bo'ladimi?

- Xavi "Barselona"da necha yil ishladi? Men "Andijon"da qanchadan beri ishlayapman. Istasangiz meni Xavi deb ayting, menga farqi yo'q. Men bugun jamoam namoyish etgan o'yindan uyalmayman, biz raqibdan kuchsiz emasdik. "Andijon"ning o'ziga kerakli maqsadlari bor. Men beshta Superkubokda mag'lub bo'lishim ham mumkin. Bizning maqsadimiz chempionat va OCHL.

- Terma jamoamiz mundialga chiqishga yaqin turibdi. Yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlar haqida fikringizni aytib o'tsangiz?

- Jahon chempionatiga chiqishimizga shubha qilmayman. Men 1000%ga ishonchim komil. Biz barcha jabhalarda mundialda bo'lishimiz kerak. Mundial yo'llanmasini BAAning o'zidayoq hal etishimiz kerak. Shunda Toshkentga kelib, Qatarga qarshi bayram kayfiyatida o'ynaymiz. Mening hayotimda ikkita orzu bo'lgan. Birinchisi terma jamoa bilan mundialda ishtirok etish va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish. Tabiiyki, ECHLni qo'lga kiritish qiyin. Afsuski, terma jamoa bilan futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok eta olmadim, ammo murabbiylik faoliyatim hali oldinda. Terma jamoamiz JCHda ishtirok etishiga ishonaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика