So’nggi yangiliklar

22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  4 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  18 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18

Maksim SHackix: "Nasaf"dan hech qachon qo'rqmaganmiz, bundan keyin ham qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Nasaf"dan hech qachon qo'rqmaganmiz, bundan keyin ham qo'rqmaymiz"

O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "Do'stlik" – "Paxtakor" (0:5) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Xayrli kech. O'yindan oldin nima bo'lishi deyarli aniq edi. Bunday o'yinlarda jamoani ruhlantirish qiyin. Bugun rotaciya qila olmadik, chunki boshqa hech kim yo'q. Umuman olganda,  o'yin amaliyoti bizga zarur. O'yinchilar bo'lganda ham asosiy tarkib maydonga tushardi. 

- O'zbekiston kubogi formatiga qanday qaraysiz. Aytib o'tkaningizdek, futbolchilarni guruh bosqichi o'yinlariga ruhlantirish qiyin kechadi...

- Biz istalgan formatni qabul qilamiz. Musobaqa tashkilotchilari futbol qamrovini kengaytirishga harakat qilayotganliklarini tushunib turibmiz. "Do'stlik", "Aral" kabi jamoalar bilan chempionatda uchrashishimiz qiyin bo'ladi. Hammasini to'g'ri qabul qilamiz. Keyingi yil balki boshqacha format bo'lar. Biz esa o'ynashda davom etamiz. Bu narsani hal qiladigan insonlar bor.

- Fikringizcha, jamoa qachon uyg'ondi. O'tkazib yuborilgan gol bekor qilinganidan so'ngmi yoki urilmagan ikkinchi penaltidan keyinmi?

- Jamoa baribir ich ichidan raqib jamoa darajasini his qilib turgandi. Bu futbolchi psixologiyasi – maydonga raqibdan bir necha bosh ustun ekanligingni va bu o'yinni yutishing aniq ekanini bilib chiqish. Murabbiy nima demasin, futbolchilar o'yinlarga tushishdan oldin kimga qarshi o'ynayotganliklarini yaxshi bilishadi.

- Siz ko'pincha futbolchilarni chaqirib yangicha formatlar yoki shunga o'xshash narsalarni tushuntirdingiz. SHunga izoh bersangiz...

- Bizda bugun zaxirada o'yinchi kam edi. Maydonda ham yosh futbolchilar harakat qilishayotgandi. Yigitlarga ularga nisbatan ehtiyotkorroq bo'lib o'ynashni uqtirdim. Bugun bizda bir necha yosh futbolchilar debyut qilishdi. SHu o'yinchilarni ham har xil vaziyatlarda o'zlarini qanday tutishlarini sinab oldik. 

- Umuman olganda, ular yaxshi harakat qilishdimi?

- Yomon emas. Kirill gol urdi. U jarima maydonchasiga qanday qilib yugurib borganini tushunolmay qoldim. Qoyil qilish kerak. G'alaba qozondi va gol urdi. Umuman olganda, ular yaxshi harakat qilishdi. 

- Superligadagi "Nasaf"ga qarshi o'yinning qoldirilishiga ko'pchilik turlicha fikr bildirdi. Kimlardir "Paxtakor" "Nasaf"dan qo'rqdi, deya fikr bildirdi. Bosh murabbiy sifatida bu qarorga kelishingizga nima sabab bo'ldi?

- "Paxtakor" hech kimdan qo'rqmaydi. "Nasaf" yoki boshqa jamoa – buni farqi yo'q. Ayniqsa, bu chempionat o'yini bo'lsa. "Nasaf"dan hech qachon qo'rqmaganmiz, qo'rqmaymiz ham. "Nasaf"ga qarshi o'yindan oldin bizda boshqa uchrashuv bo'ldi, undan keyin esa mashg'ulotlar. Agarda bizdan kimdir jarohat olsa, yana qaytaraman, bizda zaxira o'yinchilari yo'q. 11 o'yinchi butun chempionat davomida jamoani tortib yura olmaydi. Agarda kimdir jarohat olganda yoki tobi qochganda nima bo'lardi. Kechirasiz, "Nasaf"dan boshqa jamoa bo'lganda ham qarorimiz o'zgarmasdi. O'yinni qoldirish huquqimiz bor edi va biz qoldirdik. "Nasaf" ham kuchli va jiddiy jamoa. Jahon chempionati Superliga davom etayotgan paytda o'tkazildi. Tarkibimizdan to'qqiz futbolchi u erda bo'lsa, biz nima qilaylik? U-17 jamoasidagi futbolchilarni ham terma jamoaga jo'natdik. U-19 termasi esa Jizzax va Xorazmda uchrashuvlar o'tkazishdi. U-21 dan ikki futbolchi qolgandi. Ular bugun asosiy jamoa mashg'ulot o'tkazishdi va bugungi uchrashuvda maydonga tushishdi. Bizda futbolchilar qolmagan. Klubda umumiy hisobda taxminan 55 nafar futbolchi bor. Lekin biz 14-16 nafar futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazyapmiz. Biz bu ishni "Nasaf" bilan o'yindan 21 kun avval amalga oshirdik. Hammasi reglament bo'yicha. 21 kunda nimalar bo'lib ketishi mumkin. Jarohatlar va hakazo. Bunga "Nasaf"ning aloqasi yo'q, istalgan jamoaga qarshi ushbu qarorni qabul qilardik. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика