So’nggi yangiliklar

12:50"Арсенал" ён чизиқдан тўп ташлаш бўйича машҳур мураббийни таклиф қилди  0 12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  1 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  4 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  15 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3

Maksim SHackix: "Legioner degani doimo maydonga tushishi kerak degani emas" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Legioner degani doimo maydonga tushishi kerak degani emas"

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida "Qizilqum" maydonidagi g'alabadan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda takidlashim kerakki, biz qiyin oyni o'tkazdik. Unda etarlicha g'alabalarni qo'lga kiritdik. Ikkita tushunarsiz penaltilar bo'ldi. Ularni ko'rib chiqamiz. Umuman olganda ilk navbatda natija turadi. SHu sababli ishonch bilan 3 ochkoga ega chiqdik deya olaman. Endi termalar o'yinlari sababli tanaffusga chiqamiz. Biroz tin olib, navbatdagi janglarga tayyorlanamiz. 

- Odil Hamrobekovni bundan buyog'iga "Paxtakor"ning himoya chizig'ida ko'ramizmi?

- Yo'q, unday emas. SHunchaki bugun uni markaziy himoyada ishlatishni maqul ko'rdik. U o'z vazifasini yaxshi uddaladi. Poziciyasi tayanchda. Markaziy himoyaga yaqin.

- SHahzod Azmiddinov haqida. Zaxiradan tushdi va qizil kartochka oldi.

- U o'zini yomon his qildi va shu sababli Odilni uning o'rnida o'ynatdik. 

- Qizil kartochka haqida fikringiz.

- Epizodga qarang. Bosh hakam o'yinning davom ettirilishini so'radi. Qanot hakami esa nimanidir ko'rib qolgandek bo'ldi. Birinchi bo'limda u 5 metr yonida to'p kimdan chiqib ketganini ko'rmay qolgandi. Biroq 60 metr naryoqdagi qizil kartochkani ko'rdi. Bularning barchasi ularning vijdoniga havola. Bumerang degan so'z bor. Hali barchasi qaytadi. Ular "Paxtakor"ni shu tariqa to'xtatishmoqchi.

- Sizga ko'p berilgan savol. Legionerlarning maydonga tushishi uchun qancha vaqt kerak? Biz maydonda faqatgina Banashakni ko'ryapmiz.

- Bir narsani tushuning, legioner degani doimo o'ynashi kerak degani emas. Barchasi sog'lom raqobatga bog'liq. Kim ayni damda kuchli bo'lsa, o'sha o'ynaydi. U legioner bo'ladimi yoki mahalliy, buning farqi yo'q. 5 nafar legionerning barchasi o'ynashi kerak degan gap yo'q. Sog'lom raqobatni ham hisobga oling. Mashg'ulot jarayonlarini kuchaytirganmiz. 

- CHeranning almashtirilishi haqida.

- Kechadan oldingi kun uning belida muammo paydo bo'lgandi. SHu sababli tanaffusda unga buguncha etarliligini aytdim. 

- "Qizilqum" jamoasidan qanday o'yin kutgandingiz va jamoa qanday o'ynadi?

- Nimani kutgan bo'lsak, shuni ko'rdik. Mustahkam himoya, 4 himoyachi bilan o'ynashini kutgandik, shunday o'ynashdi. Ularni qanday ochish kerakligini ham bilgandik. Etarlicha gollar urdik va etarlicha vaziyatlar yaratdik. Hatto birinchi bo'limdayoq o'yinni yakunlab qo'yishimiz mumkin edi. O'yin kutilganidan ko'ra ertaroq yakunlanardi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика