So’nggi yangiliklar

07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  1 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  9 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0

Maksim SHackix: "Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o'ynashimiz mumkin" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o'ynashimiz mumkin"

"Qizilqum"ga qarshi Superliganing 5-tur o'yinidan so'ng "Paxtakor" ustozi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

SHackix SHackix: "O'yini adolatli yutdik deb o'ylayman. nazorat bizning ostimizda edi, ko'proq gol urishimiz kerak edi. Birinchi taymda kichik xatolikka yo'l qo'ydik va raqib hujum qildi. Umumiy qilib aytganda adolatli tarzda 3 ochkoni qo'lga kiritdik".

- Ko'p yosh futbolchilarga ishonch bildirasiz va bugun ham ular, o'zini yaxshi namoyish etishdi. Yosh o'yinchilarni kuchli raqiblarga qarshi bo'ladigan uchrashuvda ham shunday yaxshi o'yin namoyish etishiga ishonasizmi?

- Men har doim hamma narsa o'z vaqtida bo'lishi tarafdoriman. 15 aprel kuni o'yinimiz bor va shu uchrashuvdan so'ng ular yana terma jamoa safiga borib qo'shilishadi. Men har doim maydonda 11 nafar eng yaxshi futbolchi maydonda harakatlanishi tarafdoriman. Kim qanday shug'ullansa, shunday o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

- Bugun himoyada oddiy xatoga yo'l qo'yib gol o'tkazib yubordingizlar. Himoya chizig'idan ko'nglingiz to'lmoqdami?

- Gol bo'lgan vaziyatda, bu oddiy individual xato. SHu sabab gol o'tkazib yuborgan vaziyatga ko'p etibor bermayapman. Bunday xatolar qilmasligimiz kerak. Biz har kuni mashg'ulotlarda buning ustida ishlaymiz, lekin afsuski bunday xatolar ro'y berib turadi.

- Bugungi uchrashuvni ham jamoangiz 3ta markaziy himoyachi bilan o'yinni boshladi. Bu jamoaning yangi taktik uslubimi yoki vaqtinchalik rotaciya?

- Menga qiziq kim bunday o'ylaydi. Qanot himoyachilarining hujumga o'tgan vaqti, markaziy himoyachilardan biri tayanch zonaga ko'tariladi va shu sabab taktik chizgi o'zgarishi mumkin. Men taktik uslubga urg'u berishni xohlamayman, bizda taktikalar ko'p va o'yin vaqti ham uslubimizni o'zgartira olamiz. Keyingi uchrashuvda boshqa uslubda o'ynashimiz ham mumkin.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика