So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Maksim SHackix: "Jamoalar azaldan principial raqib bo'lishgan" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Jamoalar azaldan principial raqib bo'lishgan"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz. Qishda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda "Paxtakor" g'alaba qozongan edi.

- Bo'lajak bahs birinchisidan qolishmaydi degan umiddaman. "Qayrat" yaxshi jamoa va kuchli raqib. Ular o'z maydonida o'ynashmoqda va g'alaba qozonishga harakat qilishlari aniq. Biz esa hozirda mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Ertangi o'yin qiziq bo'lishiga ishonchim komil, sababi jamoalar azaldan principial raqib hisoblanishadi.

- Jamoa mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotganini aytib o'tdingiz. Ertangi uchrashuvda, taktik o'zgarishlarga qo'l urib, yangi futbolchilarni sinab ko'rasizmi yoki natija ko'proq muhim bo'ladimi?

- Natija birinchi o'rinda emas, lekin bu biz yarim kuch bilan o'ynashimizni anglatmaydi. Har doim maksimum salohiyatimizni ishga solishimiz kerak. Oldinda bizni qiyin jadval kutib turibdi. Avgust oyida 9ta uchrashuvda qatnashishimiz kerak bo'ladi. Ertangi uchrashuvga yigitlar tayyor bo'lishi kerak.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика