Maksim SHackix: "Yigitlar jismonan va ruhan o'yinga hozir"
03 okt 2023 00:20
Yangiliklar
Maksim SHackix: "Yigitlar jismonan va ruhan o'yinga hozir"
Maksim SHackix: - Barchaga xayrli kech. Ertaga bizni "Fayha" bilan qiziqarli va keskin o'yin kutmoqda. Bu raqibni o'rgandik, ular kuchli va tezkor jamoa. Jamoalar muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol ko'rsatishadi. Birinchi turda biz ham, raqib ham kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. SHu sababli olti ochkolik bahs kutib turibdi deb o'ylayman. Bizda tayyorgarlik uchun kamroq vaqt bo'ldi, lekin yigitlar jismonan va ruhan o'yinga hozir.
Dastlabki o'yinda bizga vaziyatlardan foydalanish etishmadi. Raqibimiz deyarli barcha xavfli vaziyatlardan foydalandi, biz esa imkoniyatlarni ko'kka sovurdik.
Stinvorden: - Kecha Riyodga etib kelib, iqlimga moslashib ulgurdik. Bizni kuchli raqib bilan qiziqarli o'yin kutmoqda deb o'ylayman. Jamoa bilan "Fayha"ni yaxshi o'rgandik. Biz o'zimizni ko'rsatib, g'alaba qozonishga intilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar