So’nggi yangiliklar

15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  0 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  34 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  38 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Mahsudjon Hayitov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi" Yangiliklar

Mahsudjon Hayitov: "Hisob o'yinga mos bo'lmadi"

O'zbekiston Kubogining 1/16 final doirasidan o'rin olgan "Xotira-79" - "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozondi.

O'yindan keyin mezbonlar azosi Mahsudjon Hayitovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bilasiz, oliy liga bilan birinchi liganing saviyasida katta farq bor. Kechagi uchrashuvda shu jihat o'z so'zini aytdi. Biz raqib darvozasi oldida yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Aksincha, mehmonlar darvozamizni uch bor ishg'ol qilishdi. Xolis aytganda, hisob o'yinga mos bo'lmadi. Mag'lubiyatga emas, hisobga xafa bo'ldik. "Metallurg" yaqqol tajriba evaziga g'alaba qozonib ketdi.

Oliy liga klublari dekabr oyida tayyorgarlikni boshlagan. Qolaversa, chempionatda 2ta uchrashuv o'tkazishga ulgurishdi. "Metallurg" 2ta g'alaba bilan peshqadamlar safida yurganining o'ziyoq nimadandir darak bermoqda. Biz esa, fevraldan yig'inga kirishdik. Bu birinchi rasmiy o'yinimiz edi. O'rtoqlik uchrashuvi bilan rasmiy bahs o'rtasida katta farq bor. Ochig'i, biz hali 100 foiz tayyor emasmiz. Birinchi liga o'yinlari start olganidan keyin mavsumga to'liq tayyor bo'lamiz, desam mubolag'a bo'lmaydi.

Garchi kecha yutqazgan bo'lsak-da, chempionatda muxlislarimizni xursand qilishimizga ishonaman. Boisi, bizda yaxshi jamoa shakllanyapti. Klub rahbarlari barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Rosti, "Xotira-79" yangi mavsumda oliy liga uchun kurash olib bormasada, kurashadigan etakchilarga bemalol bosh og'riq bo'la oladi. Buni ishontirib ayta olaman, - deydi Hayitov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика