Maguayrning onasi futbolchining masxara qilinishiga munosabat bildirdi
14 sen 2023 22:27
Yangiliklar
Maguayrning onasi futbolchining masxara qilinishiga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Harri Maguayr futbol maydonida tez-tez xatoga yo'l qo'yayotgani tufayli memga aylandi.
Futbolchining onasi Zoi Maguayr yozishicha, uning o'g'liga izzat-nafsga tegadigan va negativ xabarlar yo'llangan.
Zoi ijtimoiy tarmoqlarda ona sifatida o'g'liga qaratilgan haqorat va salbiy xabarlarni chidab qilib bo'lmas deb hisoblaganini yozgan.
"Futbol olamida ko'tarilish va pasayish, ijobiy va salbiy jihatlar borligini bilaman. Ammo Harri duch kelayotgan gap-so'zlar futboldan ancha yiroq", - deb yozgan Zoi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" navbatdagi o'yinni 16 sentyabr kuni "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar