So’nggi yangiliklar

11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  3 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   1 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  6 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  12 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1

Maguayr: "Ushbu mavsum sovrinlar qo'lga kiritishimiz shart" Yangiliklar

Maguayr: "Ushbu mavsum sovrinlar qo'lga kiritishimiz shart"

"Manchester Yunayted" sardori Xarri Maguayr ushbu mavsum o'tgan mavsumdagidan qaraganda yaxshi bo'lishini aytdi.

"Sovrinlar olish - "Manchester Yunayted" uchun asosiy maqsad. O'tgan mavsumdagiga qaraganda bunisi yaxshiroq o'tadi. CHunki biz o'tgan davr mobaynida yaxshi rivojlanish jarayonini o'tkazdik.

O'tgan mavsumdagi natijalar klub uchun qabul qilib bo'lmas darajada edi. Kubok turnirlarini juda erta tark etdik va muxlislar bizni intiqib kutadigan darajada o'ynamadik. Biz ushbu mavsumda katta turnirlarda uzoq vaqt o'ynashimiz juda muhim. CHunki martdan buyon katta turnirlarda o'ynamadik, muhim bahslarda ishtirok etmadik.

So'nggi 3-4 oy davomida faqatgina dam olish kunlari o'ynayapmiz. "Manchester Yunayted" bunga ko'nikmagan. Bunday bo'lmasligi kerak. CHempionatda yomon o'ynadik, kuboklarda yomon qatnashdik. Ushbu mavsumda barchasi yaxshi bo'lishini istaymiz.

Istalgan paytda bahona topsa bo'ladi. Biroq doimo o'zligimizga to'g'ri baho berishimiz kerak. Hech kim yaxshi mavsum o'tkazmadi va yaxshi o'yinlarni muxlislarga ko'rsatmadi", - dedi Maguayr.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика