So’nggi yangiliklar

10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  3 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi - Superligada 2-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi - Superligada 2-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 2-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 2-turning eng yaxshi darvozaboni – Dostonbek To'xtaboev ("Mashal")

Superligaga qaytgan "Mashal" 1-turni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazishi kerak edi, bu bahs qoldirilgani bois Muborak klubi mavsumdagi birinchi o'yinni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yin davomida mehmonlar posboni Dostonbek To'xtaboev gol o'tkazganiga qaramay bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan qutqardi. O'tkazilgan golda ham uning aybi deyarli yo'q. Shu tariqa, To'xtaboev turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 2-turning eng yaxshi murabbiyi – Mirjalol Qosimov (OKMK)

OKMK 2-turda o'z maydonida chempionlikka davogarlardan biri hisoblangan "Paxtakor" klubiga qarshi o'ynadi va ishonchli g'alabaga erishdi - 2:0. O'tgan yildan "sherlar"ni mag'lub etish sirini bilib olgan Qosimov bu yil ham o'z ananasini davom ettirdi. Raqib "Paxtakor" bo'lgani uchun bahsni boshqacha taktika bilan boshlagan Qosimov yakunda 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Shunday qilib, Mirjalol Qosimov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 2-turning eng yaxshi futbolchisi – Luis Kachorri ("Bunyodkor")

Italiyalik hujumchi Luis Kachorri dastlabki turda "Neftchi" bilan o'yindayoq dublga erishishi kerak edi, ammo o'shanda uning ikkita zarbasi darvoza ustuni va to'sinlaridan qaytgandi. 2-turda Qarshida "Sho'rtan" mehmoni bo'lgan "qaldirg'ochlar" aynan Kachorrining ikkita goli tufayli g'alaba qozonishdi. Agar Luis bahs oxirida penaltidan gol ura olganida xet-trik rasmiylashtirgan bo'lardi. Shunga qaramay, Luis Kachorri tur futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 2-turning eng chiroyli goli muallifi – Oleg Zoteev ("Andijon")

"Andijon" chap qanot himoyachisi Oleg Zoteev 2-turda "Nasaf"ga qarshi bahsda ajoyib gol muallifiga aylandi. U jarima maydoni tashqarisida to'pni ajoyib tarzda raqib ustidan tushirdi va o'ziga to'g'rilab chap oyoqda Abudvohid Nematov qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. Amaldagi chempion darvozasiga Oleg Zoteev tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.




 


"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика