"Madrid" yutqazishni ham bilishi kerak
18 avg 2018 22:10
Yangiliklar
"Madrid" yutqazishni ham bilishi kerak
LaLiga startidan oldin ko'pchilik "Real"ni g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblamayapti. Undan tashqari, ECHL bosh sovrini ketma-ket to'rtinchi marta qo'lga kiritilishiga ham shubha bilan qaralmoqda.
Peres jamoasi bu mavsum o'tish davrini boshidan o'tkazadi. Biroq talabchan prezident biroz boshqacharoq ko'rinayotgan "Madrid" sovrinlar uchun kurashishini kutmoqda. "Real"da o'zgarishlar shamoli uchib ketdi, Ronaldu ham ketmasligi kerak edi. Ammo uning o'rniga bironta yulduz futbolchi transfer qilinmadi.
Lopetegi kinoqahramonlar kabi, natijalarini hech kim takrorlay olmaydigan Zidan bilan tenglashtirishlaridan qochmaydi. Rafa Benitesdan keyin "Real" boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin yarim yil davomida francuzga deyarli hech nima berilmadi. Zidan shu tarzda "Real"ni "qayta qurgandi".
Zidan tarkibni deyarli o'zgartirmadi, u Anchelotti davrida "o'ldirilgan" chiziqlarni kuchaytirdi va jamoani realiti-shoudan germetik mexanizm darajasiga olib chiqdi. Uning so'nggi mavsumi arafasida "Real"ga ko'plab iqtidorli futbolchilar taklif qilindi, ular kelajakda ispan futbolida o'z aks-sadosini bera olishi kerak deb hisoblanayotgan vaqtda "Barselona" Evropaning top-futbolchilari bilan tarkibni kuchaytirmoqda. "Real" esa "xususiy" yoshlarga etibor qaratmoqda.
Biroq Valexo ham, Lorente ham, Mayoral ham, Teo Ernandes va Sebalos ham "Real"ning klassik tarkibidan joy ola bilishmadi. "Real" mavsumni og'ir tarzda boshladi. Zidan esa mavsumdagi vazifalarni o'zgartirib, faqatgina natijalar uchun o'ynay boshladi. Iqtidorlarni rad qildi.
O'shanda "Real"da Ronaldu bor edi va bu jamoaning yangilanishiga halaqit qilayotgandi. CHunki CR7 jamoaning asosi, o'yin uning atrofida quriladi, uni almashtirish esa keyinchalik ko'ngilsizliklarga olib keladi.
Benzema? Ronnining yonida bo'lish uchun ideal futbolchi, u golli paslar bera oladi, himoyachilarni aldab o'tishni uddalaydi. Karim o'tgan mavsumning ilk qismidayoq o'z atrofida negativ fikrlarni to'pladi. Francuz va portugal almashib-almashib gol urganda ham, Ronaldu gol urmay qo'yganda ham aynan Benzema tanqid qilindi.
Maydon markazi? "Real" mavsumni zerikarli tarzda o'tkazganda ham, sovrinlarni qo'lga kiritganda ham Modrich va Kroosning ketishiga yo'l qo'ymagan. Devorning asosiy g'ishtini ko'chirib tashlash katta falokatlarga olib kelishi mumkin.
"Real" yomon o'yin ko'rsatganda ham jamoani kuchaytirish borasida o'ylash qiyin edi. SHu boisdan yoshlar zaxirada qolib ketdi. Lopetegi qo'l ostida Ispaniya termasida porlagan Isko Zidan uchun boshog'riqqa aylandi.
Ronaldu CHempionlar kubogining cheksiz o'yinlaridan charchagan va bu texnikaga boy bo'lgan LaLiganing o'yinlariga moslashishni qiyinlashtirardi. Endi u A Seriyaning eng kuchli jamoasi tarkibiga ko'chib o'tdi. "Real" muxlislari yorqin xotiralar bilan eslayotganda Ronaldu yangicha joziba bilan bir necha yillar gol ura oladi.
Ronalduning ketishi - "Real"ning omadi. Ushbu yillar davomida Madrid jamoasi maydonda ko'p jamoadan ustun bo'ldi, chunki tarkibda portugaliyalik bor edi. U juda qo'rs, biroq jamoaning yuragi bo'ldi, raqib jamoa kuchayishiga yo'l qo'ymadi. Agarda u jamoada qolganida, yangi murabbiy ham hech nimani o'zgartirmasdi. CHunki barchasi anchagina kechikdi.
Endi hech kim "Real"dan cheksiz g'alabalar, Evropani zir titratishini kutmaydi. Ronni ketdi, Modrich, Marselo va Ramos 30 yoshdan oshdi, Benzema esa tanqidlar girdobida. "Real"da tin olishga vaqt bo'ldi, Lopetegi esa jamoaga kelganidan keyin ijod qilishga vaqt etarli edi.
Peres jamoani ajoyib ko'rinishga keltirgan Zidan "Real"da qolishidan mamnun bo'lardi. Ammo francuz "Real"ni boshqatdan "qayta qurish"ni istamadi. Endi jamoa yana bir marta yulduzlar sotib olinmasdan mavsumga tayyorlandi va shakllandi.
Jamoaning yagona shov-shuvli transferi - Tibo Kurtua. Bu ilk navbatda jamoaning yangi yulduzi, bir tomondan olib qaraganda "Real"ni yoshartirish yo'lidagi bir qadam. Tibo - kelajak uchun juda ham kerakli. Kurtuaning atrofida mish-mishlar De Xeaniki kabi aylanmadi, sovrinlarga ega chiqqan vaqtda jamoa darvozasini qo'riqlagan Keylov Navas esa hech qaerga ketmadi va o'z joyida qoldi. Bir vaqtlardagidek "Real"ning zaxirasida Kaka, Iguain, Xames yoki Morata emas Vinisius, Mayoral va Odriosola o'tiradi.
Bu esa yoqimsizroq bo'lishi mumkin. "Real" mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvida o'zidan ko'ra qo'rqinchliroq, dahshatliroq va tajribaliroq bo'lgan jamoaga haqli tarzda mag'lub bo'ldi. Simeone qo'l ostida "Atletiko" allaqachon bir tizimga tushib bo'lgan va bu ijod davom etmoqda. Ko'plab o'zgarishlar bo'ladigan "Real"da esa yagona koncepciya yo'q.
Agarda Peres va Zidan o'zaro hamkorlikni davom ettirganida, mutaxassis jamoani o'z uslubiga ko'ra yoshartirganida, ham "Real" Superkubokda shunday hisobda yutqazsa, bu hech qanday ahamiyat kasb etmasdi.
"Real" Benites qo'l ostida boshlangan yomon mavsumni ajoyib sovrinlar bilan yakunlagandi. O'sha jamoada kamchiliklar anchagina edi, ko'plab ochkolarni yo'qotdi, yomon o'yinlarni o'tkazdi. Ularni internetda birpasda yomonlab tashlashgandi. Ammo keyingi uch yilda huddi shu jamoani to'xtatib bo'lmadi, mag'lubiyatni bilmadi "Real".
Endi Madridda yangi "Real" yaralmoqda, biroq bu jamoaning kuchini bilmaymiz. Bu jamoada asosiy tarkib uchun top-futbolchilar juda ko'p, ular mislsiz darajadagi sanatni yarata olishadi. Ammo jamoa shu holatida mag'lubiyatdan qochib qutula olmasdi. "Real"ning maqsadi, rejalari o'zgaradi. CHunki jamoaning yulduzi yo'q. Yangisi esa yaqin vaqtlarda paydo bo'ladi.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar