So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  4 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7

Madrid derbisidan oldin paydo bo'lgan savollar Yangiliklar

Madrid derbisidan oldin paydo bo'lgan savollar

Teglar :  AtletikoReal Madrid
Bugun tunda millionlab muxlislar etibori Madrid shahridagi bellashuvga qaratiladi.

1. "Sevilya" bilan o'yin "Real"ga qanday tasir qiladi?

Jamoa dastlabki daqiqalardan hujumga otiladimi yoki "yopilib olib", ehtiyotkorlik qiladimi. Lopetegi "Sevilya" bilan o'yinga qadar asosiy urg'uni to'pga egalik qilish va paslar soniga qaratayotgandi. Lekin "Atletiko"ga qarshi ham murabbiy yana o'sha taktikani tanlarmikin?

2. Simeone vaziyatdan foydalanib "Bernabeu"da "birinchi raqam" bo'lib o'ynarmikin?

So'nggi derbilar "Atletiko" murabbiyi asosan markazda kurash va keskin hujumlardan foydalanayotgandi. Lekin balki CHolo o'zining eng yaxshi sport formasida bo'lmagan "Real"ni butkul "mazasini qochirishga" urinib ko'rar?


3. Asosiy tarkibni tanlashda murabbiylarni oxirigicha o'ylantiradigan poziciyalar

Bu erda muammolar "Real"da ko'proqdek. Jarohatidan forig' bo'lgan Dani Karvaxal tarkibga qaytadi va o'ng qanotda o'z joyini egallaydi. Nacho katta ehtimol bilan o'tgan uchrashuvda jarohat olgan Marseloni yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi. Appendicit sabab Isko jamolasiga yordam bera olmasligini inobatga olsak, markazda kimlar harakat qilishi borasidagi savollarga o'rin qolmayapti chog'i. Lopetegi uchun asosiy bosh og'rig'i derbida darvozani kimga ishonib topshirish: Kurtua yoki Navas?


4. Eksperimentlar va kutilmagan qarorlar bo'larmikin?

Ham turnir jadvaliga, ham jamoaning ruhiy holatiga katta tasir o'tkazuvchi uchrashuv oldidan har ikki murabbiy tavakkalchilikka qo'l urmasa kerak. Nazarimizda, har ikki mutaxassis ham sinalgan tarkib, futbolchilarni maydonga tushiradi. Principial raqib bilan o'yinligidan tashqari, unchalik omadli bo'lmagan startdan so'ng, La Ligaga belgilangan vazifani bajarish yanada qiyinlashishishini hamma tushunib turibdi. 


Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика