Lyuk de Yong qishda La Liganing boshqa klubiga o'tadi
24 dek 2021 20:43
Yangiliklar
Lyuk de Yong qishda La Liganing boshqa klubiga o'tadi
"Barselona" hujumchisi Lyuk de Yong tez orada faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
31 yoshli futbolchining keyingi jamoasi "Kadis" bo'lishi mumkin.
De Yongga egalik qiluvchi "Sevilya" jamoasi Kataloniya klubida 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladigan ijara shartnomasini muddatidan oldin tugatish haqidagi iltimosini maqulladi.
SHu tariqa, niderlandiyalik futbolchi mavsum oxirigacha "Kadis"da ijara asosida to'p suradi.
Kelishuv rasman amalga oshishi uchun De Yong ushbu shartlarni qabul qilishi kerak. Uchala klub allaqachon kelishuvga erishgan.
Joriy mavsumda hujumchi "Barselona" safida La Ligada 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar