So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  1 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Lukaku faoliyatidagi eng muhim murabbiylik nutqi haqida gapirdi Yangiliklar

Lukaku faoliyatidagi eng muhim murabbiylik nutqi haqida gapirdi

“Inter” forvardi Romelu Lukaku jamoasi murabbiyi Antonio Kontening A Seriya doirasida “Milan”ga (4:2) qarshi bellashuvning tanaffusi vaqtida so'zlagan nutqi haqida gapirdi.

O'sha bellashuvda “Inter” birinchi bo'limdan so'ng “Milan”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan bo'lishiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Faoliyatidagi eng muhim nutq haqida

“Uni Konte so'zlagan edi. O'shanda biz birinchi bo'limdan keyin ikki to'p farqi bilan yutqazayotgandik. U umuman baqirmadi. U shunchaki bizga nima qilishimiz lozimligini  va qanday qilib bo'sh zonalarni topishimizni aytdi. Biz uning barcha aytganlarini amalga oshirdik. 

“Inter”dagi faoliyati haqida

“San Siro” to'la muxlislar qarshisida “Inter” tarkibida maydonga tushish yoqimli. Bunday holatlarni qadriga etaman, menga zavq bag'ishlaydi. “Inter” safidagi eng chiroyli golim “Jenoa” darvozasiga kiritgan ikkinchi golim. Men qo'limdan nimalardir kelishini isbotlay olganman!”

APLdagi faoliyati haqida

“Ochig'ini aytishim kerak, “Everton”dagi faoliyatim davomida ko'p narsalar menga maqul edi. “CHelsi” va MYU safida to'p tepganda ham yoqimli xotiralar bilan esda qolgan. Bu erda bir jamoa menga Angliyaga qaytishimga va sevimli futbolchilarimdan ko'p narsalar o'rganish imkonini bergan bo'lsa, boshqa bir klub yana bir qadam olg'a siljishga, ECHLda to'p tepishga imkon bergan”

A seriya va APLning farqi haqida

Taktik nuqtai nazardan olib qaraganda har hafta seni haqiqiy sinov va mashaqqatli o'yin kutib turadi. APLda esa o'yin surati juda tez edi”, deya o'zining Tvitterdagi sahifasida fikrlarini bildirib o'tdi Lukaku.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика