Luisma Ernandes: Futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabatidan ko'nglim to'lmadi
11 mar 2023 23:50
Yangiliklar
Luisma Ernandes: Futbolchilarning o'yinga bo'lgan munosabatidan ko'nglim to'lmadi
“Bazi futbolchilarning individual xatolari sabab birinchi bo'limda ikkita gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarimning o'yinga bo'lgan munosabatidan ko'nglim to'lmadi.
O'tgan safar takidlaganimdek, mavsum oldi tayyorgarlikni ko'ngildagidek o'tkaza olmaganligimiz, yangi futbolchilarning jamoaga kirishib ketishi ham sekin kechmoqda. Bundan tashqari, ayrim futbolchilarning ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirishimiz kerak. Qolaversa, himoya chizig'idagi futbolchilarimizda jarohatlar mavjud. Bu ham o'z tasirini o'tkazmoqda. Maqsadimiz, o'tgan yilgi natijani yaxshilash.
“Navbahor” mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi. Bunda jamoa uy uchrashuvlarini o'tkazganligini ham inobatga olish zarur. “Paxtakor” ikki o'yinda imkoniyatni boy berdi, ammo bu mavsumning boshi. SHunga qaramay, men bo'lajak bahsda namanganliklarning imkoniyatini yuqori baholayman”, – dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar