So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

Luisma Ernandes: "Bizda hujum bilan bog'liq muammolar bor. SHunga qaramasdan yosh futbolchilarga imkon berayapmiz" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Bizda hujum bilan bog'liq muammolar bor. SHunga qaramasdan yosh futbolchilarga imkon berayapmiz"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


O'yin haqida

- Albatta har ikki jamoa g'alaba uchun o'ynagani ko'rinib turdi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, afsus foydalana olmadik. SHu sabab o'yin durang natija bilan yakuniga etdi. Bugungi o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Jamoalarning kuchlari teng ekanligi yaqqol ko'rindi. 

- So'ngi o'yinlarda darvozabonlar rotaciyasini amalga oshirayapsiz, buning sababi nima?

- Bu mening qarorim. Jamoamizda 3 ta darvozabon bor, ularning harakatlaridan mamnunman. O'yinlar davomida ularga navbatma-navbat imkon berayapmiz.

- Jamoangiz Superligada kam gol urib kelayotgandi. Bu nima bilan bog'liq?

- O'tgan haftada aytib o'tganimdek, bizda hujum bilan bog'liq muammolar bor. SHunga qaramasdan yosh futbolchilarga ham imkon berayapmiz. Vaziyatlarimiz bo'layapti, ammo foydalana olmayapmiz. 

O'yinlar vaqti 19:00ga ko'chirildi. Balki issiq ob-havo tasiri sezilgandir. Lekin bu bahona bo'la olmaydi. Ketma-ket qisqa fursat ichida 4 ta o'yin bo'ldi, yigitlar tiklanishga ulgurishmayapti. 

Bu o'yindan so'ng yaxshilab hordiq chiqaramiz va "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlikka kirishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика