Luis Kachorri nega 74-raqamni tanlagani, Superligada chempionlikka davogarlar hamda Italiya va o'zbek futboli haqida gapirdi
05 apr 11:44
Yangiliklar
Luis Kachorri nega 74-raqamni tanlagani, Superligada chempionlikka davogarlar hamda Italiya va o'zbek futboli haqida gapirdi
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Luis Kachorri fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qiyin o'yin o'tkazdik, yakunda omad bizga kulib boqdi. Biz ko'prog'iga loyiqmiz, sababi o'yin davomida ko'plab imkoniyatlar yuzaga keltirgandik.
"Bunyodkor"da 74-raqamni tanlaganimning sababi, bu raqam onamning tug'ilgan yili bilan bog'liq.
Superligada chempionlik uchun davogar "Paxtakor", "Nasaf", "Neftchi" kabi kuchli klublar bor. Menimcha, ligadagi hamma jamoalar yaxshi darajaga ega. Shunchaki, biz o'z o'yinimizni namoyish etib, nimalarga qodir ekanligimizni isbotlashimiz zarur.
Italiya futboli bilan solishtirganda, o'zbek futbolida taktik o'yin kamroq, ammo shiddat yuqori, ko'proq yugurish talab etiladi. Uchrashuvlar jadallashib bormoqda", dedi 27 yoshli futbolchi.

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar