So’nggi yangiliklar

09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  1 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  0 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0 07:30Расман. "Ал Насср" навбатдаги трансферини эълон қилди  0 02:03"Манчестер Сити" ўртоқлик ўйинида "Палермо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ҳусанов майдонда ҳаракат қилди  19 01:25Расман: Нуньес 65 млн евро эвазига "Ливерпул"дан бошқа клубга ўтди  1 01:12"Эшитдик-да". Роналдиньо Тошкентга келади!  6 00:58ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди  0 00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  7 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0

Lui van Galning "Manchester Yunayted"dagi 5 xatosi Yangiliklar

Lui van Galning "Manchester Yunayted"dagi 5 xatosi

O'ta muvaffaqiyatsiz o'tgan 2013/14 yilgi mavsumdan keyin "Manchester Yunayted"ni gollandiyalik Lui van Gal o'z qo'liga oldi.

Albatta, u "Yunayted"da juda yaxshi ishladi desak xato bo'lar. Lui yaxshi jamoa shakllantirishni vada qilgandi, biroq unday bo'lmadi. U alo darajadagi futbolchilarni "Yunayted"dan ketkazib yubordi. Quyida shu futbolchilar haqida to'xtalamiz.

5. JONNI EVANS

SHimoliy irlandiyalik futbolchi uzoq vaqt davomida, yoshligidan "Manchester Yunayted"da o'ynab kelayotgandi. 

U "qizil iblislar" tarkibida umumiy 200dan oshiq uchrashuvlarda maydonga tushib, jamoaning qo'lga kiritgan barcha sovrinlarida o'zining katta hissasini qo'shgandi.
Lui van Gal jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin Jonni "Yunayted"dagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. U van Galning ilk mavsumidan keyin 3 mln funt evaziga "Vest Bromvich"ga o'tib ketdi. Yangi jamoasi tarkibida ishonchli o'yin namoyish etgan Evans sardorga aylandi.
U ayni damda 30 yoshda. SHunday bo'lsa ham, u APLning top-jamoalari qiziqishlari doirasida. Uning o'yinlarini "Arsenal" va "Manchester Siti" kuzatib bormoqda.

MYUning sobiq futbolchisiga APL top-jamoalari qiziqmoqda

Endi Jonni Evansni "Yunayted" qaytarib olmasa kerak.

4. PATRIS EVRA

Evra 8 yil, 2005-2014 yilgi mavsumlar davomida "Old Trafford"da o'ynadi.

"Iblislar" tarkibida barcha turnirlarda umumiy 350dan oshiq bahslarda maydonga tushdi. Ser Aleks franciyalik futbolchini jamoa sardori qilgandi. Evra dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi hisoblanardi.

Van Gal kelganidan keyin, uning MYUdagi davri yakuniga etdi. Bir yillik shartnomasiga qaramasdan 1,5 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tib ketgani esa barchaga kutilmagan sovg'a bo'ldi.

Evra "Yuve"ning g'alabalarida muhim rol o'ynay boshladi.

Patris Evra: Unutmang, men futbolni yaxshi ko'raman!

Vaqtlar o'tib, Joze Mourino Evraning ketganini afsus bilan muhokama qildi.

3. RAFAEL

Rayan Giggz Rafaelni "Manchester Yunayted"da ketmasligi kerakligini aytgandi.

Braziliyalik futbolchi 7 mavsumini "Yunayted" tarkibida o'tkazdi va uch karra APL g'olibi bo'ldi. Devid Moyes ham futbolchini qadrladi. Biroq Lui van Gal futbolchining ketishini istadi. Atigi 10 uchrashuvda uning xizmatidan foydalandi.

Rafael: "Lui van Gal menga bir daqiqadayoq jamoadan ketishim kerakligini aytgandi"

2015 yilda u 3 mln evro evaziga "Lion"ga ko'chib o'tdi. Bu mavsumda esa 21 uchrashuvda maydonga tushdi. Endilikda "Lion" uni boshqa jamoalarga sotishni istamayapti.

2. ANXEL DI MARIYA

Lui van Gal "Real"dan Di Mariyani sotib olganida ko'pchilik undan katta umid qilgandi.

U 2014 yilda jamoaga kelib qo'shilgan va 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. O'sha vaqtda u MYUning eng qimmat xaridiga aylangandi.
Biroq uning transferi o'ta omadsiz bo'lib chiqdi va 1 yildayoq uning "safari qaridi". Anxel PSJ tarkibiga ko'chib o'tdi. "Park de Prens"da u nimalarga qodirligini ko'rsatmoqda. Balki u APL tempiga ko'nika olmagandir, balki van Galning taktikasiga moslashmagandir. Nima bo'lganda ham "Yunayted" shunday ajoyib futbolchini 75 mln evroga sotib olib, 63 mln evroga sotib yuborib, xato ish qildi.

Di Mariya: "Kelasi mavsum PSJda qolishimga shubham bor"

Bu mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 42 uchrashuv o'tkazib, 21 gol urdi va 15 bora assistentlik qildi.

1. UILFRID ZAXA

U 2013 yilda 15 mln evro evaziga MYU tarkibiga ko'chib o'tdi. Transfer amalga oshganidan bir qancha vaqt o'tib, u "Selxurst Park"ka ijaraga berildi.

U "Pelas" tarkibida ajoyib mavsumni o'tkazgan bo'lsa-da, "Yunayted" hadeganda ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmadi.
Avvaliga Devid Moyes uni qaytarib oldi. Biroq u shotlandiyalikning qo'l ostida 2tagina uchrashuvda qatnashdi. 2015 yilda esa uning transfer huquqi "Kristal Pelas"ga qaytdi. Ayni damda u Roy Xojson qo'l ostida dahshatli o'yin namoyish etmoqda va g'alabalarda o'zining katta hissasini qo'shmoqda.

De Bur Zaxaga "Liverpul"ga o'tishni maslahat berdi

So'nggi paytlarda uning xizmatlariga bir necha grand jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика