Lopetegining fikricha, VAR tizimi bo'lganida Ronaldu qizil kartochka olmasdi
21 sen 2018 20:15
Yangiliklar
Lopetegining fikricha, VAR tizimi bo'lganida Ronaldu qizil kartochka olmasdi
"Real" bosh murabbiyi Xuan Lopetegining fikricha, agar CHempionlar ligasida videoassistent tizimi (VAR) ishlatilganidan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Valensiya"ga qarshi bahsda chetlatilmagan bo'lardi.
Birinchi bo'lim o'rtalarida Feliks Brix yon hakamning so'zlaridan so'ng forvardga qizil kartochka ko'rsatdi. Ronaldu "Valensiya" himoyachisi Jeyson Murilo bilan to'qnashuvdan so'ng jazolandi va maydonni ko'z yoshlari bilan tark etdi. O'yin 2:0 hisobida turinliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
"Vaziyatni yaxshi ko'ra olmadim, ammo ko'pchilikning aytishicha chetlatishga arziydigan vaziyat bo'lmagan ekan. Bazida shunday xatolar bo'lib turadi, ammo VAR yordam beradi, shunday ekan nega yo'q? Biroq buni men hal qilmayman" - deydi Lopetegi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar