So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  5 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

“Lokomotiv”ning JOMA brendli liboslari sotuvda! Yangiliklar

“Lokomotiv”ning JOMA brendli liboslari sotuvda!

Xabaringgiz bor, klubimiz 2013 yildan boshlab, JomaSport kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan liboslarda maydonga tushib kelmoqda.
Ushbu mavsumda ham “Lokomotiv” Joma bilan hamkorligini davom ettiryapti. Asosiy jamoamiz, yoshlar, futzal va turli yoshdagi bolalar jamoalarimiz ham ushbu brenddagi kiyimlar bilan taminlangan.

Bildirilayotgan ko'plab takliflarni inobatga olgan holda, “Lokomotiv” professional futbol klubi asosiy jamoamiz uy va safar liboslarini sotuvga chiqarishga qaror qildi.

Endi sizda “Lokomotiv” tarkibida to'p surayotgan futbolimiz yulduzlari bilan aynan bir xil bo'lgan futbolka va shortlarni harid qilish imkoniyati mavjud. Qizil va oq rangdagi futbolkalarni xohishingizga ko'ra futbolchilar raqami va familiyasi bilan yoki bo'lmasa raqam va familiyasiz holda sotib olishingiz mumkin. Har ikki holatda ham kiyim narxi o'zgarmaydi.

Liboslar aynan futbolchilar kiyadiganlari bilan bir xildir va ularning narxi – 200 000 so'm.

Hozircha liboslarni faqatgina avvaldan qo'ng'iroq qilib, buyurtma bergan holda, Toshkentning TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionidan olib ketishingiz mumkin.

Futbolkalarga buyurtma berish va sotib olish uchun telefon raqam: +998909654737 (Ulug'bek)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика