So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  2 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0

"Lokomotiv"ga nohaqlik qilindimi? Rossiyalik eskpert Superliga 22-turini tahlil qildi Yangiliklar

"Lokomotiv"ga nohaqlik qilindimi? Rossiyalik eskpert Superliga 22-turini tahlil qildi

Championat.asia sayti hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq referi Anatoliy Sinyaev Superliganing 22-turidagi bahsli qarorlarni tahlil qilib berdi.

"Lokomotiv" – "Olimpik" (VIDEO)

Raqib darvozabon tomon uzatilgan uzatma vaqtida futbolchilarning aniq poziciyasini ko'rsatadigan kadrni topa olmayapmiz. Transyalciya rejissyorlari bu holatga etibor bermagan. Biz hujumchining to'g'ri holatda ekani hkqida gapiryapmiz. Hakam esa liniya bo'yicha qaror chiqaryapti. Bunday holatda hujumchini hisobga olinishi kerak. 


"Lokomotiv" – "Olimpik" (VIDEO)

Ushbu vaziyatda men umuman aniq teginishni ko'rmayapman. Menimcha, ko'k formadagi simulyaciya qilyapti, himoyachi to'pni olib qo'yayotganini ko'rib, penalti ishlash maqsadida yiqilyapti. Agar qo'pollik sodir bo'lgan bo'lsa, vaziyat jarima maydonchasi ichida bo'lganligi aniq, ammo teginish hech qanday kameradan ko'rinmayotgani uchun bu simulyaciya degan fikrdaman. Hujumchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak.



"Lokomotiv" – "Olimpik" (VIDEO)

Bu holatda oq libosdagi futbolchining oyog'i qolib ketdi. Bu oddiy qoidabuzarlik. Albatta, hujumchi ham penalti ishlashga intilgani tabiiy. Biroq himoyachi allaqachon to'pni olib qo'yish uchun harakatni boshlab yuborgandi. Hakamning penalti belgilagan qarorini qo'llab-quvvatlash kerak. 


"Dinamo" – "Metallurg" (VIDEO)

Hakam jarima maydonchasidagi epizodni ko'rgani yo'q. Ammo hujumchi tomonidan qoidabuzarlik sodir bo'ldi. VAR aralashuvi uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Videohakamlar esa hujumchi raqibga nisbatan tajovuzarlik qilyapti, deb qaror qilishdi. Men hakamning qaroriga qo'shilaman – bu erda zarba yo'q. To'p uchun kurashmasdan qoqilib ketish sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakat sifatida baholashi mumkin.



"Dinamo" – "Metallurg" (VIDEO)

Qoida buzganga sariq kartochka berilishiga qarshi emasman. Ammo qizil kartochka uchun asos yo'q. Ammo janjal bilan kurashish qiyin. Biz sodir bo'layotgan voqealarning to'liq ko'rmayapmiz. Eslatib o'tamiz, ommaviy qarama-qarshilik yuzaga kelgan taqdirda FIFA har bir jamoaning – eng faol futbolchilariga kamida ikkitadan sariq kartochka ko'rsatishni tavsiya qiladi. Qizillar ham o'yinchilarning aynan nima deyishiga, haqoratlar yoki zarbalar bo'lganiga bog'liq.

Men ushbu vaziyatda oddiy kurashni ko'rmayapman. Bunday vaziyatlarda, qarama-qarshilik avj olganida, hakam sariq va qizil kartochkalarni ko'rsatishga shoshilmasligi kerak. Aksincha, turli nuqtalardan joy egallab, vaziyatni yaxshiroq ko'rib olish uchun diqqatini jamlashi va keyinchalik birgalikda bir qarorga kelishi lozim. 


"Paxtakor" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

Oq libosdagi futbolchining yaqqol qoidabuzarligi. Hakam penalti belgilashi kerak edi. Ammo u epizodni ko'rmagan bo'lsa ham, VAR o'yinga aralashib, golni bekor qilishi kerak. CHunki hujumchi gol urish vaqtida qoidani buzish holati yuzaga kelgandi.


"Paxtakor" – "Qo'qon-1912" (VIDEO)

Ehtiyotsizlik tufayli qoidabuzarlik yuzaga keldi, bu esa - penalti. Hujumchi o'zidan o'zi yiqilmaydi. Himoyachi teginishi sababli yuzaga keldi. Hakamning qarori to'g'ri.


"So'g'diyona" – "Surxon" (VIDEO)

Penalti belgilanishi uchun juda engil tegindi. O'ylaymanki, hujumchi to'pga eta olmasligini sezib yiqildi. To'p uchun kechadigan havodagi oddiy holat deb bilaman. 



"Neftchi" – "Navbahor" (VIDEO)

Hakamning imo-ishorasi (u qo'lini yuqoriga ko'tardi) darvozabonning noto'g'ri to'pga chiqishidagi xatosini yuvib ketdi. Qarorni qo'llab-quvvatlash mumkin, darvozabonga haqiqatan ham to'pga etib borishga ruxsat berilmaydi. SHuningdek, hujumchining qo'li ham to'pga qarab harakat qiladi, bu ataylab qilingani sezilib qoldi. To'p ham elkaga emas, qo'lga borib tegdi.


"Qizilqum" – "Nasaf" (VIDEO)

Ko'k libosdagi futbolchi raqibidan biroz oldinda edi. U raqibning yuziga zarba beradi, shuning uchun bu erda penalti belgilamaslik uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Menimcha, qoidabuzarlik aniq. Bu sariq kartochka, lekin qizilga tortmaydi. VARni ko'rib chiqqandan so'ng hakamning qarori to'g'ri bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика