"Lokomotiv" Ukraina chempionati autsayderini yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

"Lokomotiv" Ukraina chempionati autsayderini yirik hisobda taslim qildi

Teglar :  LokomotivDnepr-1
Ayni paytda Turkiyada yig'in olib borayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi biroz avval uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Raqib Ukraina chempionati ishtirokchisi "Dnepr-1" klubi bo'ldi. "Temiryo'lchilar" ayni paytda Ukraina premer-ligasida 14ta klub orasida 14-o'rinni egallab turgan "Dnepr-1"ni yirik hisobda mag'lub etishdi.

"Lokomotiv" safida Sanjar Qodirqulov, Sadriddin Abdullaev va Diyorjon Turopov gol urishdi.

Bungacha "Temiryo'lchilar" Ukrainaning "Desna" (0:0) va Latviyaning "RFS" (0:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazishgandi.


"Lokomotiv" - "Dnepr-1" 3:0

Gollar
: Sanjar Qodirqulov 46, Sadriddin Abdullaev 63, Diyorjon Turopov 86.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, SHuhrat Muhammadiev, Islomjon Qobilov, Diego Bardanka, Xurshid Muxtorov, Kaxi Maxaradze, G'ulom Haydar G'ulomov, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Amanov, Temurxo'ja Abduxoliqov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Boburjon Asqarov, Dilshod Komilov, Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, SHohruh Isoqov, Ibrohim G'anixonov, Avazbek O'lmasaliev, Jaloliddin Jumaboev, SHerzod Fayziev, Diyor Turopov, Farruh Ibrohimov.





Reklama



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика