So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

“Lokomotiv” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi (+FOTO) Yangiliklar

“Lokomotiv” PFK yangi futbolchilarni tanishtirdi (+FOTO)

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibga 7 nafar yangi futbolchini qo'shib oldi.

Bugun “Lokomotiv” stadioni matbuot anjumanlari zalida yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi o'tkazildi.

Tanishtiruv marosimida “Lokomotiv” PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev, jamoa murabbiyi Mirko Yelichich, shuningdek yangi mavsum oldidan jamoamiz safiga kelib qo'shilgan futbolchilar – Salamat Qutiboev, SHuhrat Muhammadiev, Diyor Turopov, Jaloliddin Masharipov, Murod Bobojonov, Muhammad Kone, Nore Krizo hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.



Dastavval “Lokomotiv” PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov so'zga chiqib, jamoa oldiga qo'yilayotgan vazifalarga to'xtalib o'tdi:
– “Lokomotiv” – O'zbekistonning amaldagi chempioni va Kubogi sohibi hisoblanadi. Jamoamiz oldiga yangi mavsumda ham kamida o'tgan yilgi natijalarni takrorlash hamda Osiyo CHempionlar Ligasida finalga qadar etib borish vazifasi qo'yilgan. SHunga monand ravishda tarkibni kuchaytirish ishlari olib borildi. To'g'ri, yangi mavsum oldidan jamoamizni bir qator tajribali futbolchilar tark etishdi. Biroq yangi kelganlar ularning o'rinlarini bilintirmasligiga ishonamiz, – deya aytib o'tdi To'labek Akramov.





So'ng jamoa murabbiylari – Andrey Miklyaev hamda Mirko Yelichich yangi kelgan futbolchilar xususida to'xtalib o'tishdi.
– “Lokomotiv” jamoasi o'z safiga yangi mavsum oldidan ancha tajribali futbolchilarni qo'shib oldi, deya olaman. Zero milliy chempionatimizdan chaqirilgan o'yinchilarning barchasi o'z klublarida etakchi hisoblanishardi. Qolaversa, legioner futbolchilarimiz ham o'zlaridan yomon taassurot qoldirishayotgani yo'q. SHu sababli ham safimizga qo'shilgan har bir futbolchi haqida iliq fikrlar bildira olaman. Umid qilamanki, yangi o'yinchilar jamoa muvaffaqiyatiga o'z munosib hissalarini qo'sha olishadi, – deydi Mirko Yelichich.



Tanishtiruv marosimining birinchi qismida futbolchilarga o'zlari to'p suradigan formalar topshirildi. Formalarni o'z egalariga “Lokomotiv” PFK Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov topshirdi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика