"Lokomotiv" o'z qarorgohida shug'ullanmoqda, yangi murabbiy va futbolchi ham shu erda
03 jan 2018 14:08
Yangiliklar
"Lokomotiv" o'z qarorgohida shug'ullanmoqda, yangi murabbiy va futbolchi ham shu erda
O'zbekistonning 2 karra chempioni - "Lokomotiv" ayni paytda yangi mavsum tayyorgarligini boshlab yuborgan.
"Temiryo'lchilar" jamoasi hozirda klub qarorgohida mashg'ulotlar olib bormoqda. Mashg'ulotlarda asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklash bo'yicha ish olib borilmoqda. "Lokomotiv" futbolchilari Toshkentda 8 yanvarga qadar shug'ullanadi. 9 yanvardan esa jamoamiz yig'inini BAAning Dubay shahrida davom ettiradi.
"Lokomotiv" mashg'ulotlarida o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan Timur Kapadze murabbiylar shtabidan joy olgan bo'lsa, yangi o'yinchi sifatida Farhod Bekmurodov mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Bekmurodovning "temiryo'lchilar" tarkibiga o'tishga yaqin ekanligini xabar qilgan edik.
Fikrlar