So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

"Lokomotiv" olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi Yangiliklar

"Lokomotiv" olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Teglar :  "Lokomotiv"
Ushbu mavsum nihoyasiga etib, "Lokomotiv" jamoasi vakillari ham qishki tatilga chiqqanidan xabaringiz bor. Hozirgi paytda klub murabbiylar shtabi yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi ustida ish olib bormoqda.

Albatta, mavsumlar oralig'ida har bir klubda tarkib bilan bog'liq o'zgarishlar ro'y beradi. Jamoalar bazi futbolchilar bilan xayrlashib, ular o'rnini boshqa o'yinchilar bilan to'ldiradi. Bugun "Lokomotiv" PFK olti nafar futbolchi bilan do'stona, iliq tarzda xayrlashdi. 

Bular - darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar - SHuhrat Muhammadiev, Xurshid Muxtorov, yarim himoyachilar - Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov hamda hujumchi Marat Bikmaev. 

Jamoadagi ushbu o'zgarishlar haqida "Lokomotiv" PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov shunday dedi: 

"Avvalambor klubimizni tark etgan futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Garchi bu mavsum Superligada 7-o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, jamoadagi barcha bor kuchi bilan mehnat qilib, yuqori o'rinlar uchun oxirigacha kurash olib bordik. Faqat bazi o'yinlardagi omadsizlik va boshqa sabablar tufayli ochko yo'qotdik".

"Ha, bugun asosiy tarkibning olti nafar futbolchisi bilan xayrlashdik. Bu futbolchilarning har biriga klub rivojiga o'z hissasini qo'shgani uchun rahmat aytib qolaman. Lekin endilikda boshqa yo'ldan borishni maqsad qilganmiz. O'ylaymanki, U-21 jamoamizdan bir nechta futbolchi asosiy tarkibda o'ynashga tayyor. SHu bois kelasi yil ko'proq yoshlarga va o'z tarbiyalanuvchilarimizga etibor berish haqida bosh qotiryapmiz. Yangi mavsum jamoamiz tarkibida bir qancha yoshlar to'p tepadi, biz esa ularga katta futbolda o'z o'rinlarini topib ketishda qo'ldan kelgancha yordam beramiz. "Lokomotiv"da tarkib o'zgargani bilan maqsad va vazifalar o'zgarmaydi".

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика