So’nggi yangiliklar

14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  0 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  25 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  9 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  12 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  14

Lokomotiv Jasur Jaloliddinov uchun Bunyodkorga normadan kamroq kompensaciya to'laganmi? Yangiliklar

Lokomotiv Jasur Jaloliddinov uchun Bunyodkorga normadan kamroq kompensaciya to'laganmi?

O'zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinovning Bunyodkordan Moskvaning Lokomotiv klubiga transfer bo'yicha hamon noaniqliklar borligi malum bo'lmoqda.

Avvalroq «Bunyodkor» Jasur Jaloliddinov transferidan tushgan mablag'ni ishlata olmayotgani haqida xabar berilgandi. Bunga sabab qilib transfer ustida turgan tomonlarning asl transfer hujjatini topilmayotgani takidlangandi.

«Daryo»ga malum bo'lishicha, moskvaliklar futbolchi transferi uchun toshkentliklarga mashg'ulotlar kompensaciyasi uchun normadan kamroq pul to'lagan bo'lishi mumkin. «Lokomotiv» klubi «Bunyodkor»ga Jaloliddinovning  mashg'ulot kompensaciyasi sifatida 130 ming evro o'tkazgan. SHuningdek, uchinchi tomon futbolchi uchun yana 200 ming AQSH dollari miqdorida pul tashlab bergan. Faqatgina «Bunyodkor» asl hujjatning yo'qligi sabab bu mablag'larni o'z hisob raqamiga to'liq o'tkaza olmagan.

SHu erda savol tug'iladi: «Lokomotiv» aslida «Bunyodkor» futbolchisi uchun qancha kompensaciya to'lab berishi kerak edi? Mutaxassislar malumotiga ko'ra, kompensaciya masalasida FIFA har bir konfederaciya uchun, shuningdek, har bir davlat uchun alohida-alohida 4 xil ko'rinishdagi summa belgilagan. UEFA davlatlari uchun 2019 yilgi holatga ko'ra bu summalar mos ravishda 90 ming, 60 ming, 30 ming hamda 10 ming evro etib belgilangan.

Rossiya klublari keyingi uch yo'nalish bo'yicha kompensaciya to'lashlari belgilab qo'yilgan. Bunda Rossiya Premer Liga klublari ikkinchi guruh bo'yicha, yani, yiliga 60 ming evrodan haq to'lashlari kerak. «Lokomotiv» CHempionlar Ligasida to'p suradigan jamoa sifatida aynan ikkinchi yo'nalishda summani hisoblashi mantiqan to'g'ri bo'ladi.

Ammo «Bunyodkor»ga kompensaciya to'lashda uchinchi guruh summasi — 30 ming evro inobatga olingan. Qoidaga ko'ra, futbolchining 12–15 yoshdagi mashg'ulotlari uchun 4-guruh bo'yicha haq hisoblanadi, yani, har yili uchun 10 ming evrodan — umumiy 40 ming evro. SHuningdek, 16, 17 va 18 yoshining har biri uchun 30 ming evrodan umumiy 90 ming evro hisoblangan. Jami — 130 ming evro.

Agar «Lokomotiv» 2-guruh bo'yicha haq to'lashi kerak bo'lsa, u holda 16, 17 va 18 yoshi uchun 60 ming evrodan hisoblanishi kerak bo'ladi. SHunda umumiy summa 130 ming emas, balki 220 ming evroni tashkil qilgan bo'lardi.

Takidlash lozim, FIFA tizimiga «Lokomotiv» Jasur Jaloliddinov hamda «Bunyodkor» o'rtasidagi shartnomaning bekor bo'lgani haqidagi hujjatni joylashtirgan. Bunda na mashg'ulot kompensaciyasi summasi va transfer narxi ko'rsatilgan. Kelib chiqadiki, futbolchi uchun 200 ming AQSH dollari uchinchi tomon tarafidan Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilish uchungina «Bunyodkor»ga to'lab berilgan. Rossiya nashrlari esa Jaloliddinov uchun «Lokomotiv» 1 million evrodan ko'proq chiqim qilgani haqida malumotlar berilgan.

Norasmiy manbaga ko'ra, «Bunyodkor» klubi futbolchining mashg'ulotlari uchun aslida qancha mablag' olishi kerakligi masalasida o'z yuristlari bilan ishlayapti. Agar «Lokomotiv» chindan ham 2-guruh bo'yicha pul to'lashi kerak bo'lsa, «Bunyodkor» bu borada FIFAga arz qilishi mumkin bo'ladi. 200 ming dollarni esa asl hujjat topilganidagina qo'lga kiritishi mumkin bo'ladi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика