"Lokomotiv" bemor bolalarga sovg'alar ulashdi
27 dek 2021 16:03
Yangiliklar
"Lokomotiv" bemor bolalarga sovg'alar ulashdi
Har yil Yangi yil bayram arafasida "Lokomotiv" futbol klubining bemor yotgan bolalar holidan xabar olishi ananaga aylandi.
Bugun ham jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar "Lokomotiv" PFK titul homiysi Orient Finans Bank xodimlari bilan birgalikda Respublika onkologiya ilmiy markazida bo'lib, xastalikdan aziyat chekayotgan bolajonlarni Yangi yil bilan tabriklashdi.
Sovg'alar ulashish chog'ida Qorbobo va qorg'izning tashrifi bolajonlarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi. "Lokomotiv" vakillarining bolalar holidan xabar olishi bolajonlar ko'nglini ko'tardi, bundan ota-onalar ham nihoyatda xursand bo'ldi. Qolaversa ilmiy markaz shifokorlari ham jamoamiz azolariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
SHu o'rinda xastalik bilan kurashayotgan barcha bolajonlarning tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz.
"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.








O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar