"Liverpul" Gvardiolaga hujum qilganlarni jazolaydi
17 okt 2022 19:09
Yangiliklar
"Liverpul" Gvardiolaga hujum qilganlarni jazolaydi
"Liverpul" klubi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola tomonga tanga yoki buyumlar uloqtirganlikda aybdor deb topilgan har bir kishini umrbod diskvalifikaciya qilishga vada berdi.
Gvardiola yakshanba kuni "Enfild"da bo'lib o'tgan Premer-liga bahsida mezbon jamoa muxlislari tomonidan nishonga olingan. Ispaniyalik murabbiyning o'zi ham o'yindan keyingi matbuot anjumanida buni tasdiqladi. Uning baxtiga biror buyum mo'ljal tomon aniq otilmagan.
Klub matbuot xizmati bu hodisa o'rganilishi hamda aybdorlar ushbu stadionga kirishdan umrbod mahrum etilishini takidladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda "Liverpul" Salohning goli evaziga g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar