So’nggi yangiliklar

11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  33 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  8 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5

"Liverpul" bir paytlar "Manchester Yunayted" afsonasiga aylangan o'yinchilarni qo'ldan chiqargan Yangiliklar

"Liverpul" bir paytlar "Manchester Yunayted" afsonasiga aylangan o'yinchilarni qo'ldan chiqargan

"Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Grem Suness mersisayd klubini boshqargan paytida darvozabon Peter SHmeyxel va hujumchi Erik Kantonani sotib olmagani haqida gapirib o'tdi.


"Men keyinchalik "Manchester Yunayted" afsonalariga aylangan ikki nafar futbolchini qo'ldan chiqarganman. Bizning asosiy skautimiz Ron Yeyts menga daniyalik yosh darvozabon Peter SHmeyxelni ko'z ostiga olib qo'yganini aytdi. U "Liverpul"ning muxlisi edi, biroz muddat biz bilan birga bo'lish uchun hatto o'z hisobidan bu erga kelishga va mehmonxonaga joylashishga tayyor edi. O'sha paytda men Bryus Grobbelarni sekin-asta tarkibdan chiqarishga urindim, bu esa boshqotirish edi. Kamiga Devid Jeyms bilan shartnoma imzoladik. SHuning uchun, katta sportga endigina kirib kelayotgan kiperni xarid qilmaslikka qaror qildim.

Erik Kantona - men qo'ldan chiqargan yana bir o'yinchi. Biz uyda "Oser"ga qarshi o'ynadik va bahsdan so'ng Mishel Platini meni ko'rgani keldi. U men uchun futbolchisi borligini aytdi - muammolarga boy yigit, lekin foydali o'yinchi. Bu Kantona edi, lekin yana bir og'ir fel-atvorli o'yinchi shart emasdi.

Menda bir nechta ana shunday futbolchilar bor edi, men o'zimga boshog'riq qo'shib olishni istamaganman. SHuning uchun uni yumshoqlik bilan rad etganman va boshqa kimnidir topishini aytganman", - dedi Suness.

Suness qo'lostida "Liverpul" 1991 yildan 1994 yilgacha faqatgina Angliya kubogini qo'lga kiritgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика