"Lion" muxlislari futbolchilardan yashil butsa kiymaslikni talab qilmoqda
29 avg 2022 00:49
Yangiliklar
"Lion" muxlislari futbolchilardan yashil butsa kiymaslikni talab qilmoqda
Adidas kompaniyasining X Speedportal nomli yangi butsalari yashil rangga ega va 13 futbolchi ushbu turga yaqin butsalardan foydalanadi.
Entoni Lopes, Malo Gusto, Tete, Hussem Auar, Ekambi kabi futbolchilar shu rangdagi tishli butsalardan foydalanadi.
Jamoaning "Troya"ga qarshi o'yinida (4:1) bazi muxlislar bu rangdagi butsalardan g'azablanishini izhor etgan banner ko'tarishdi.
Bannerda yashil butsalar tasviri bo'lgan va buni taqiqlashga oid qizil rangli belgi chizilgan, yani bu urf-odatlarga hurmatsizlik manosida qayd etilgan.

Muxlislarga yashil rang yoqmaganligining sababi oddiy — "Lion"ning ashaddiy raqiblaridan biri "Sent-Eten" yashil libosda o'ynaydi, shu bois muxlislar bunday o'xshashlikni istamaydi.
Muammo shundaki, futbolchilar butsa kiyish uchun kompaniyalar bilan shartnoma tuzadi, shuning uchun uni almashtirish oson bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar